BOSHQIRDISTON

BOSHQIRDISTON (Bashkortostan), Bashkortoston Respublikasi — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Rossiyaning Yevropa qismida, Janubiy Uralda, Uraloldi va Uralortidagi tekisliklarda joylashgan. Maydoni 143,6 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4 million. 110,3 ming kishi … Read More

BOG’ SAYLI

BOG’ SAYLI — bahor, yoz va kuz fasllarida tashkil etiladigan o’zbek mehmondorchiligi turlaridan biri. Mezbon (bog’bon)ning boqqa mehmon chaqirishi yoki mehmonlarning o’zi (qarindosh-urug’, yoru birodar, hamkasblar) tashrif buyurishi bilan Bog’ … Read More

BOG’ MALHAMI

BOG’ MALHAMI — daraxtning payvandlangan, kesilgan va mexanik shikastlangan joyiga surkaladigan malham (zamazka). Bog’ malhamini xonaki usulda va tez tayyorlash usullari: a) qizdirilgan 1000 gramm nigrolga 300 gramm elangan yog’och … Read More

BOG’ INVENTARI

BOG’ INVENTARI — meva daraxtlarini o’stirish va bog’ni parvarishlashda ishlatiladigan asbob-anjomlar. Bog’ inventari qo’lda ishlatiladigan (ketmon, belkurak, tok qaychi, panshaxa, chelak, payvand pichoqlari, arra, narvon, savat va boshqalar) hamda motor … Read More

BOG’

BOG’ — 1) mevali daraxtlar va tok, gul bilan band maydon, mevazor (uzum Bog’i, anjir Bog’i, olma Bog’i va hokazolar); 2) manzarali o’simliklar ekilgan joy, daraxtlar va gullar ekilib obod … Read More

BOQCHASAROY

BOQCHASAROY — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar. Churuksuv soyining (Kacha daryosining irmog’i) xushmanzara sohilida joylashgan. Simferopol — Sevastopol katta yo’li (shossesi) yonida. Temir yo’l stansiyasi. Aholisi 26,8 ming kishi (1999). Boqchasaroyda … Read More

BOQLA

BOQLA, burchoq (Vicia faba) — burchokdoshlar (dukkakdoshlar) oilasiga mansub bir yillik o’simlik. Poyasi to’rt qirrali. Barglari patsimon, murakkab. Gullari oq, o’zidan, ba’zan chetdan changlanadi. Mevasi yassi, dukkak shaklida, 4-8 urug’li, … Read More

BOQIXON TO’RA

BOQIXON TO’RA (19-asr boshlari Qo’qon — 1888) — o’zbek shoiri, tabib. Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan. Qo’qonlik mashhur shaxslar vafotiga bag’ishlab qator tarixlar yozgan. Mushrifning “Ansob ussalotin va ta’vorixi … Read More

BOQIRG’ONIY SULAYMON

BOQIRG’ONIY SULAYMON (? Xorazm viloyati Xazorasp tumani Boqirg’on qishlog’i — 1186) — tasavvufning yirik namoyandasi, shoir. Ahmad Yassaviy tariqatining davomchisi. Hayoti haqidagi ma’lumotlar turli rivoyatlar bilan aralashib ketgan. Xalq orasida … Read More

BOQIMONDA

BOQIMONDA — qonunda belgilangan muddat ichida to’lanmagan va undirilishi lozim bo’lgan soliq yoki boshqa majburiy to’lovlar yoxud ularning to’lanmagan qoldig’i. Boqimonda paydo bo’lgan kundan boshlab penya undiriladi.