BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA

BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA — odam va hayvonlarda mezenximadan rivojlanadigan to’qimalar guruhi. Organizmda trofik, himoya, plastik va mexanik funktsiyalarni bajaradi. Xususiy, Tog’ay va suyak Biriktiruvchi to’qimalari farq qilinadi. Xususiy Biriktiruvchi to’qima ko’pincha … Read More

BIRIKISH REAKTSIYASI

BIRIKISH REAKTSIYASI — ikki yoki bir necha moddadan bir modda hosil qilinadigan reaktsiya. Agar ikki oddiy moddadan bir murakkab modda kelib chiqsa, bunday reaktsiya sintez deyiladi. Vodorod va azotdan bevosita … Read More

BIRJONIY

BIRJONIY — Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Alhusayn (?—taxminan 1525) — falakiyotshunos va huquqshunos olim. Ulug’bek akademiyasi vakillaridan biri. Birjoniy matematikadan inoq sonlarga bag’ishlab “Do’stlarga do’st sonlarni tushuntirish uchun … Read More

BIRJA KURSI

BIRJA KURSI — fond birjasida muomalada bo’lgan qimmatbaho qog’oz (aktsiya, obligatsiya)ning sotilish narxi. Birja kursiga qimmatbaho qog’ozga to’lanadigan dividend va ssuda foizi ta’sir ko’rsatadi. Dividend miqdori yuqori bo’lsa, Birja kursi … Read More

BIRJA BOJI

BIRJA BOJI — birja savdosida ishtirok etish huquqi uchun olinadigan pul yig’imi. Birja qo’mitasi birja a’zolaridan hamda xaridor qatnashchilardan undiradi.

BIRJA

BIRJA (gollandcha beurs, nemischa Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (Tovar birjasi), qimmatbaho qog’ozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar bo’lgan ish kuchi oldisotdisi (mehnat … Read More

BIRDMOR MUZLIGI

BIRDMOR MUZLIGI — Antarktidada, yer sharidagi eng katta vodiy muzliklaridan biri. Kugb platosidan tushib Ross shelf muzligiga tutashadi. Uzunligi 200 kilometr. Eni 40 kilometr. Yiliga 6 kilometr kub muz okeanga … Read More

BIRGALIKDA BO’LMAGAN TENGLAMALAR

BIRGALIKDA BO’LMAGAN TENGLAMALAR — yechimi mavjud bo’lmagan tenglamalar sistemasi. Bunday tenglamalar sistemasi, ba’zan, ziddiyatli sistema deyiladi. Chiziqli algebrada chiziqli tenglamalarning birgalikda bo’lmagan sistemalari qaraladi.

BIR HUJAYRALILAR

BIR HUJAYRALILAR — tanasi bitta hujayradan iborat organizmlar. Prokariotlar va eukariotlarga bo’linadi. Prokariotlar (bakteriyalar, viruslar va ko’k-yashil suv o’tlari, ya’ni tsianobakteriyalar) da yadrosi bo’lmaydi. Eukariotlar (bir hujayrali yashil va boshqa … Read More