BIR JINSLI BO’LMAGAN MUHITLAR OPTIKASI

BIR JINSLI BO’LMAGAN MUHITLAR OPTIKASI — optikaning sindirish ko’rsatkichi bilan bir xil bo’lmay, koordinataga bog’liq ravishda o’zgaradigan, optik jihatdan bir jinsli bo’lmagan muhitlarda elektromagnit to’lqinlarning tarqalish qonunlarini o’rganadigan bo’limi. Optik … Read More

BIR GULLI O’SIMLIKLAR

BIR GULLI O’SIMLIKLAR — bitta g’uncha chiqarib, bitta gul va bitta meva hosil qiluvchi o’simliklar. Bunday o’simliklarning poyasi shoxlanmay, uchidan yolg’iz kurtak chiqaradi, masalan, lola, ko’knor, qizg’aldoq, parnassiya va boshqalar.

BIR AS-SABA

BIR AS-SABA, Beer Sheva — Falastindagi shahar, Iordan daryosining g’arbiy sohilida. Aholisi 114 ming kishi (1990). Negev cho’lidagi savdo transport markazi. Yig’ma uylar, keramika, oyna-shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kimyo, yog’ochsozlik … Read More

BIR AKTYOR TEATRI

BIR AKTYOR TEATRI — badiiy o’qish turi. Ijrochining bir o’zi butun bir afsona, rivoyat, doston, hajviya, monolog va boshqalarni hikoya qiladi va gavdalantiradi. Bir aktyor teatri qadim zamonlarda shakllangan va … Read More

BIPLAN

BIPLAN (Fransuzcha biplan, bi… va lotincha planum — tekislik) — qanotlari ostma-ust qilib ishlangan qo’sh qanotli samolyot. Boshqa xil samolyotlarga qaraganda ancha ixcham; qanoti puxta va bikr. Ro’para qarshiligi katta … Read More

BIPATRIDLAR

BIPATRIDLAR (bi… va Yunoncha patris — Vatan), bipolidlar — ayni bir vaqtda 2 va undan ortiq davlat fuqarosi bo’lgan shaxslar.

BIOENERGETIKA

BIOENERGETIKA — molekulyar biologiyaning bir bo’limi; organizmlarning hayot faoliyati jarayonlarida energiyaning jamg’arilishi va sarf etilish qonuniyatlarini hamda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini, biosferadagi energetika jarayonlarini o’rganadi. Bioenergetika tadqiqotlari energiyaning … Read More

BIOELEKTRONIKA

BIOELEKTRONIKA — bionika fanining maxsus yo’nalishlaridan biri. Tirik organizmlarning tuzilishi va ish faoliyatini tahlil qilish asosida elektronika masalalarini yechadi. Quyidagi muammolarni o’rganadi: hayvonot dunyosi va inson nerv sistemasini tekshirish; mavjud … Read More

BIOELEKTR POTENTSIALLAR

BIOELEKTR POTENTSIALLAR — tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo bo’ladigan elektr potentsiallar, qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektrik potensiallar — “hayvon elektri” to’g’risidagi dastlabki ma’lumot 18-asrning … Read More

“BIOEKOSAN”

“BIOEKOSAN”, O’zbekiston yoshlarining “Bioekosan” o’quv-metodik majmuasi — O’zbekistonda uzluksiz ekologiya ta’limini amalga oshiradigan ta’lim-tarbiya muassasasi. Dastlab 1929 yil Samarqandda yosh tabiatshunoslar stansiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1994 yil dekabrdan ekologiya … Read More