Burhon
Burhon – 1) budda diniga mansub haykal, tosh; 2) isbot, taxmin; asos; dalil.
Burhon – 1) budda diniga mansub haykal, tosh; 2) isbot, taxmin; asos; dalil.
Burchak – 1) ikki devor tutashgan joy; 2) bir nuqtadan chiqadigan ikkita to’g’ri chiziq orasidagi tekislikning bir qismi. Burchak darajalarda o’lchanadi. To’g’ri burchak (900).
Burmoq (o’girmoq, aylantirmoq) – ortga o’girmoq, orqaga burmo, yo’ldan qaytmoq.
Burmalik – daraxt tanasidagi tolalarning to’lqinsimon joylashuvidan iborat bo’lgan nuqson. Bunday daraxtni kesishda to’lqinli tolalar kesiladi, buning natijasida kesilgan o’rmon materiali bukilishga yaxshi qarshilik ko’rsatmaydi.
Burish – 1) kesish, bichish; 2) koshin parchasini ulgu asosida kesish.
Burilmaydigan – burilish uchun imkoniyatga ega emas.
Burilish – biror narsani muyulish, yon tomonga og’ish (burilish) joyi. Masalan: yo’l burilishi, tik burilish, ravon burilish va hokazolar.
Burilma (aylanma) – biror narsa aylanishi uchun xizmat qilish (maxsus).
Burj ulgu – me’morlikda bino qurilishi jarayonida yerga qoqiladigan asosiy reja qoziqlar.