Band
Band (forscha)-to’g’on, suv ombori; masalan, X asrda hozirgi Forish tumani Pasttog’ darasi toshdan qurilgan Xonbandi, Nurota tumanidagi G’ishtband (XII asr), shu tumandagi Beglarsoy darasida qurilgan Abdullaxon Bandi (XVI asr).
Batafsil o‘qish

Band (forscha)-to’g’on, suv ombori; masalan, X asrda hozirgi Forish tumani Pasttog’ darasi toshdan qurilgan Xonbandi, Nurota tumanidagi G’ishtband (XII asr), shu tumandagi Beglarsoy darasida qurilgan Abdullaxon Bandi (XVI asr).
Batafsil o‘qishBaldr-skandinav mifologiyasida yosh go’zal xudo. Odin va Friggning o’g’li, Xerlyudning inisi, Nannaning eri, Forsetaning otasi.
Batafsil o‘qishBan (slavyancha)-1) Xorvatiyada X asrdan 1921 yilgacha qirol noibi; qurolli kuchlar boshlig; 2) Bosniyada XII-XIV asrlarda hukmdor; 3) Yugoslaviyada 1931-1941 yillarda viloyat (banovin) gubernatori; 1939-1941 yillarda muxtor Xorvatiya boshlig’i.
Batafsil o‘qishBali (fransuzcha bailli)-1) o’rta asrlar Fransiyasining shimoliy qismi qirollik amaldori, sud-boshqaruv okrugi (balyaj) boshlig’i. Bali lavozimi XIII asrda qirol Filipp-Avgust tomonidan joriy etilgan, u qirol domenini balyajlarga bo’lgandi. Bali mansabi … Batafsil
Batafsil o‘qishBallista (lotincha ballista, yunoncha ballo-irg’itaman so’zidan)-qadimda (V asrgacha) keng qo’llanilgan irg’ituvchi qurol; novli yotiq dastgoh va eshilgan kamalak ipidan tashkil topgan qurilma. Ballista yordamida tosh, g’o’la, paykon va boshqalar otilgan. … Batafsil
Batafsil o‘qishBallada (fransuzcha ballade, so’nggi lotincha ballo-raqsga tushaman)-1) XIV-XV asrlar fransuz adabiyotidan qat’iy o’rin olgan lirik janr; 2) ingliz xalq poeziyasida liro-epik janr va romantizm poeziyasidagi ayni shunday janr; 3) (musiqada). … Batafsil
Batafsil o‘qishBaladiy ziro’ (arabcha az-zira al-baladiy)-58,26 (57,57) santimetrga teng uzunlik o’lchovi.
Batafsil o‘qishBaktar, Bagtar (turkcha)-o’rta asrlarda Turkiston xalqlari harbiy qo’shinida jangchilar kiygan sovut; temir simdan to’qilgan va ustidan ipak, baxmal qoplangan maxsus urush kiyimi.
Batafsil o‘qishBakovul, Bukovul (turkcha)-1) Chingizxon davrida va temuriylar saroyida taom hamda ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshlig’i; 2) Oltin O’rda xonligida qo’shinga maosh-ulufa ulashish, o’ljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor. Bakovulning hurmat-e’tibori … Batafsil
Batafsil o‘qishBay’i joiz (arabcha)-uzil-kesil sotilmasdan, balki qandaydir qo’shimcha shartlar qo’yilgan sotish turi. Buxoro ulamolari fatvolariga ko’ra amaliyotga kiritilgan savdo turi, uni bay’i vafo ham deb atashgan.
Batafsil o‘qish