DO’L
DO’L — yumaloq yoki turli shakldagi muz parchalaridan iborat atmosfera yog’ini. Kattaligi 5-55 millimetr va undan ortiqroq, ba’zan tovuq tuxumidek ham bo’ladi. Yilning iliq vaqtlarida (temperatura 20° dan yuqori bo’lganda), … Read More
DO’KON (Arabcha) — 1) mol chakana sotiladigan joy — magazin; 2) hunarmand, kosibning ustaxonasi, hunar-mandlik ishxonasi; 3) to’quvchining dastgohi; 4) Kavkaz va yaqin Sharq mamlakatlarida vino sotiladigan kichikroq mayxona.
DYUSSELDORF — Germaniyadagi shahar, Dyussel daryosining Reyn daryosiga quyilish yerida joylashgan. Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerining ma’muriy markazi, mamlakatning yirik iqtisodiy markazlaridan. Aholisi 568,4 ming kishi (1998). Dyusseldorf tarixiy manbalarda 12-asrdan, shahar … Read More
DYURKXEYM (DURKHEIM) EMIL (1858.15.4, Epinal – 1917.15.11, Parij) — frantsuz sotsiologi, frantsuz sotsiologik maktabi asoschisi. Individual-psixologik va biologik yo’nalishlarga qarshi chiqqan, jamiyatga individlar majmui bo’lmagan reallik deb qaragan. Ayni vaqtda … Read More
DYURER (DURER) ALBREXT (1471.21.5 — Nyurnberg — 1528.6.4) — nemis rang-tasviri ustasi, grafik rassomi, o’ymakor naqqoshi (gravyor), san’at nazariyotchisi; nemis Uyg’onish davri san’atining asoschisi. Zargarlik san’atini otasidan urgangan; M. Volgemut … Read More
DYURALYUMINIY, duralyuminiy, dyural (nemischa Durek — alyuminiy va qotishmalar ishlab chiqarish boshlangan birinchi shahar nomidan) — alyuminiyning mis (2,2—5,2%), magniy (0,2—2,7%) va marganes (0,2— 1,0%)li qotishmasi. 500° ga yaqin temperaturagacha … Read More
DO’LGONLAR, dolganlar (o’zlarini dulgaan, tiakixi, Saxa deb ataydilar) — elat, Taymir milliy okrugining asosiy aholisi. Umumiy soni 7 ming kishi (1992). Yoqut tilining do’lgon shevasida gaplashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Do’lg’onlarning … Read More