DANILOVA RIMMA IVANOVNA

DANILOVA RIMMA IVANOVNA (1906.16.1, Saratov — 1984.5.10, Toshkent) — patanatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari Doktori (1951), professor (1951). ToshTIni tugatgan (1936). 1950 yildan Toshkent … Read More

DANJUA (DENJOY) ARNO

DANJUA (DENJOY) ARNO (1884.5.1, Osh, jer departamenti — 1974.27.1) — frantsuz matematigi, Parij Fanlar Akademiyasi a’zosi (1942), Parij universiteti professor (1922). Sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi xorijiy a’zosi (1971). Asosiy ishlari … Read More

DANDON

DANDON (fors— tish) — 1) filning tishi yoki suyagidan yasalgan pichoq dastasi. O’yma naqshlar, qimmatbaho toshlardan “ko’zlar” qadab bezatiladi; 2) qandolatning bir turi. Obaki Dandon deb ham ataladi.

DANDIBOY SAG’ANASI

DANDIBOY SAG’ANASI – so’nggi jez davriga mansub sag’ana (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi — 1-ming yillikning boshi). Qarag’anda (Qozog’iston) shahridan 60 kilometr Janubi-g’arbda, Sherboy-nur daryosining o’ng qirg’og’ida joylashgan Dandiboy ovulidan … Read More

DANDI

DANDI — Buyuk Britaniyaning shimoli-sharqidagi shahar, Shotlandiyada. Teysand rayonining ma’muriy markazi. Aholisi 167 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oxiri). Shimol dengizning Fert-oftey qo’ltig’idagi port, temir yo’l tuguni. Jut sanoatining yirik markazi. … Read More

DANDARIYLAR

DANDARIYLAR — miloddan avvalgi 1-ming yillikda Kubanning quyi havzasi va Azov dengizining Janubiy-Sharqiy qirg’og’ida yashovchi meot qabilalari guruhining eroniycha nomi. Dastlab Gekatey (miloddan avvalgi 6-asr), keyin Strabon, Plutarx tomonidan aytib … Read More

DANDANAKON JANGI

DANDANAKON JANGI – Saljuqiylar bilan G’aznaviylar o’rtasidagi jang. Mahmud G’aznaviy Movarounnahrga da’vo qilib, Qoraxoniylar bilan raqobatda bo’lgan yillarda o’g’uz turkmanlaridan bo’lgan saljuqiylarning bir guruhiga Shimoliy Xuroson (xususan, Marv viloyati) da … Read More

DANDANAKON

DANDANAKON — Marv shahridan 33 kilometr Janubi-Sharq (hozirgi Toshrabot shaharchasi o’rni) da o’rta asrlardan qolgan shahar xarobasi. Old Osiyodan Janubiy-Sharqiy Osiyoga boradigan qadimgi savdo yo’li ustida joylashgan. Arxeologik qazilma va … Read More

DANDANA

DANDANA (fors, dandon) — 1) qadimgi miskarlikda — mis bo’laklarini bir-biriga ulash usuli. Bo’laklar birining kemtiklariga (tishlariga) ikkinchisining kemtiklari kiritilib jipslashtirilgan va kavsharlangan. Bu usul hozir ham qo’llaniladi; 2) temirchilikda … Read More

DANGANA

DANGANA, dangona — 1) o’tmishda yarim o’troq va o’troq o’zbek chorvadorlari o’rtasida keng tarqalgan urf-odat. Yoz faslida yakka oilada so’yilgan mol go’shtini uzoq saqlash qiyin bo’lgan. Shu tufayli Dangana yozgi … Read More