DIRAM

DIRAM (forscha — Arabcha) — dirhamning aynan o’zi; 1) Buxoro xonligi, Eron va Iroqda og’irlik o’lchov birligi. O’rtacha vazni 3,235 grammga teng bo’lgan kumush tanga; 2) Buxoro xonligi, Eron, Iroq, … Read More

DIREDAVA

DIREDAVA, Diredaua — Efiopiyadagi shahar, mamlakatning Sharqiy qismida. Aholisi 195 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. To’qimachilik, tsement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qishloq xo’jalik rayonining … Read More

DIREKTSION BURCHAK

DIREKTSION BURCHAK – to’g’ri bur chakli koordinatalar tizimida shim. yo’nalish (abssissa o’qi) bilan berilgan yo’nalish orasidagi burchak. U soat mili yo’nalishi bo’yicha 0° dan 360° gacha o’zgaradi; a harfi bilan … Read More

DIREKTSION

DIREKTSION (Fransuzcha direction — qo’llanma) — kichik asarlar (marsh, raqs, qo’shiq va hokazolar) ning puflama sozlar orkestri uchun moslangan ixcham partiturasi. Direktsionda barcha ovozlar 3-4 nota yo’liga joylashadi va Real … Read More

DIREKTRISA

DIREKTRISA (lotincha directrix — yo’naltiruvchi) — 1) matematikada — berilgan 2-tartibli egri chiziqqa (masalan, konus kesimlari — ellips, giperbola va parabolaga) nisbatan ma’lum xossaga ega bo’lgan to’g’ri chiziq. 2-tartibli egri … Read More

DIS…

DIS… (lotincha dis…) — yasama so’zlar tarkibiy qismi: qiyinchilikni, buzilishni, parokandalikni, bo’linishni, yo’qotishni (disgarmoniya, distrofiya) anglatadigan old ko’shimcha (undosh harfdan oldin).

DISKRIMINANT

DISKRIMINANT (lotincha discriminans -bo’luvchi, ajratuvchi) — ko’phad koef-fisientlaridan tuzilgan va ko’phad ildizlari orasida bir-biriga tenglari bo’lgandagina nolga aylanadigan ifoda. Diskriminant nolga teng bo’lishi uchun ko’phadning ildizlari orasida karralisi bo’lishi zarur.

DISKETA

DISKETA — egiluvchan magnit disk-li kasseta; kompyuterning ma’lumotlar saqlanadigan qurilmasi. Hajmiga ko’ra 3,5 va 5,25 dyuymli xillari bor, shunga ko’ra 3 va 5 dyuymli Disketa deyiladi. Disketadan ma’lumotlarni bir kompyuterdan … Read More

DISPROPORTSIYA

DISPROPORTSIYA (dis… va lotincha proportio — mutanosiblik) — nomutanosiblik; bir butun narsaning qismlari, bo’laklari orasidagi tengsizlik, mutanosiblikning yo’qligi.