DA’VOGAR

DA’VOGAR — qonuniy manfaatlarini yoki buzilgan huquqini tiklash maqsadida sudga, arbitraj yoki hakamlar sudiga murojaat qilgan fuqaro yoki yuridik shaxs (korxona, tashkilot, muassasa). Fuqarolik prosessida — o’z huquqlari buzilgan yoki … Read More

DA’VO MUDDATI

DA’VO MUDDATI – shaxs o’zining buzilgan huquqini da’vo qo’zg’atish yo’li bilan himoya qilishi mumkin bo’lgan muddat. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga ko’ra, umumiy Da’vo muddati 3 yil qilib belgilangan. Ayrim turdagi … Read More

DA’VO

DA’VO (huquqda) — buzilgan huquqi yoki qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun hakamlar sudiga, arbitrajga yoki sudga qilinadigan murojaat. Da’vo 3 elementdan — asos, mavzu va mazmundan iborat. Da’vogarning … Read More

DASHTOBOD

DASHTOBOD — Jizzax viloyati Zomin tumanidagi shahar (1974). 1937 yilgacha Qoratepa qishlog’i, 1937-74 yillarda Obrucheve shahar posyolkasi, 1974 yildan 1996 yilgacha Ulyanove, o’sha yildan Dashtobod nomi bilan yuritilgan. Viloyat markazi … Read More

DASHTIY

DASHTIY — 1) Eron mumtoz musiqa merosidan o’rin olgan tasniflardan; 2) Ozarbayjon Mug’om yullaridan biri; 3) Dashti Navo, o’zbek mumtoz turkum (ikki qism)li cholg’u asari: Navo maqomi yo’llaridagi tasniflarga o’xshash, … Read More

DASHTI QIPCHOQ O’ZBEKLARI

DASHTI QIPCHOQ O’ZBEKLARI – qadimdan Dashti Qipchoqning Sharqiy qismida ko’chib yurgan turkiy-mo’g’ul qabilalari. Arlot, bahrin, burqutyaar, Do’rmon, iyjon, Xitoy, qarluqlar, mojor, qipchoq, Qiyot, Qo’ng’irot, Qurlovut, Mang’it, naymam, nukuz, tangut, uyg’urlar, … Read More

DASHTI QIPCHOQ

DASHTI QIPCHOQ, Qipchoq Dashti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g’arbiy yon bag’ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlarni 11 — 15-asrlarga oid Arab va fors manbalaridagi nomi. “Dashti … Read More

DASHTIMARG’O

DASHTIMARG’O—Afg’onistonning Janubi-G’arbdagi cho’l, Hilmand va Xashrud Daryo vodiylari oralig’ida. Maydoni 150 ming kilometr kvadrat. Balandligi 500-700 metr. Dor daryosining qurigan o’zani kesib o’tadi. Iqlimi subtropik; yog’in yiliga 50— 100 millimetr. … Read More

DASHTI LUT

DASHTI LUT — Eron tog’ligining Markaziy qismidagi cho’l. Uzunligi 550 kilometr, eni 100-200 kilometr. Balandligi, asosan, 500-600 metr. Cho’lda berk botiq ko’p. Eng baland joyi 2992 metr. Ko’p qismi Toshloq … Read More

DASHTI KAVIR

DASHTI KAVIR — Eron tog’ligining shimoli-sharqidagi cho’l. Uzunligi qariyb 500 kilometr, eni 250 kilometr chamasida. Maydoni 55 ming kilometr kvadrat. Balandligi 600-800 metrli qator berk botiqdan iborat. Botiqlarda taqirlar, sho’rxoklar, … Read More