Duragay hujayralar
Duragay hujayralar – ikki hujayraning qo’shilishidan geterokarion (har хil yadroli) hosil bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng geterokarion duragay hujayra hosil qiladi, bunda хгоmosomalar qo’shilib, bitta katta yadroga aylanadi.
Duragay hujayralar – ikki hujayraning qo’shilishidan geterokarion (har хil yadroli) hosil bo’ladi. Ma’lum vaqt o’tgandan so’ng geterokarion duragay hujayra hosil qiladi, bunda хгоmosomalar qo’shilib, bitta katta yadroga aylanadi.
Duplikatsiya – Ikki barobar oshish – xromosomali mutatsiya turi; bunda xromosomaning biron-bir qismi ikki barobarga ko’payadi.
Dumg’aza – odam umurtqasining pastki oxirgi – 4-5 ta qisqargan dum umurtqalarining qo’shilib o’sishidan hosil bo’lgan qismi, chanoq suyaklariga kiradi.
Dumbul – donli o’simliklarning pishib yetilish davrlaridan biri; don qattiqlik darajasiga ko’ra mumni eslatadi. Bunda don sarg’ish tusga kiradi, organik moddalar to’planishi sekinlashib, to’xtaydi. Donning namligi 22-30% gacha kamayadi.
Dukkakdoshlar – ikki pallali o’simliklar oilasi.
Dukkak – loviya, mosh kabi dukkakdoshlarga mansub o’simliklarning pishgandan keyin chokidan ikki pallaga ajraluvchi quгuq mevasi. Urug’lar chok bo’ylab joylashgan.
Drozofilalar – mеvа pashshalarining bir uгug’i. Juda mayda (uzunligi 3,5 millimetrgacha). Drozofila lichinkalari sun’iy muhitda tez rivojlanadi уа 7-10 kunda tajriba natijasini aniqlash mumkin. Shuning uchun undan genetik tadqiqotlarda foydalaniladi.
Dromedar – bir о’rkachli tuya – O’rta Osiyo уа Shimoliy Afrikada keng tarqalgan.
Driopiteklar – eng qadimiy qazilmа odamsimon maymunlar ajdodi.