EMISSAR

EMISSAR (lotincha — vakil) — bir davlat tomonidan boshqa bir davlatga muayyan (odatda, maxfiy) topshiriq bilan yuboriladigan shaxs, agent. Emissar missiyasi, odatda, rasmiy xarakterga ega bo’lmaydi.

EMBRIOGENEZ

EMBRIOGENEZ (embrion va Yunoncha — kelib chiqish, tug’ilish), embryonal rivojlanish — ko’p hujayrali organizmlarning individual rivojlanish (ontogenez) davrlaridan biri. Embriogenez tuxum yoki embrion pardasi ichida boradi.

EMAN

EMAN (lotincha etapo — tarqalaman) — radioaktiv moddalar kontsentratsyasi (masalan, mineral suvda) ning birliklar tizimiga kirmagan birligi; E bilan belgilanadi. Aktivligi 1 litr eritmada 10’° Kyuri bo’lgan radioaktiv moddaning kontsentratsiyasiga … Read More

ELXON

ELXON — 13-14-asrlarda Erondagi mo’g’ul hukmdorlari unvoni; Elxoniylar — mo’g’ul xonlari sulolasi.

ELOZIQ

ELOZIQ — Turkiyaning Sharqiy qismidagi shahar. Eloziq elining ma’muriy markazi. Aholisi 267 ming kishi (2000). Transport yo’llari chorrahasi. Qishloq xo’jalik rayonining savdo markazi. Oziq-ovqat (shakarqand), kimyo, to’qimachilik, tsement sanoati korxonalari, … Read More

ELLIPSOID

ELLIPSOID — Markaziy simmetrik ikkinchi tartibli yopiq sirt. Ellipsni biror o’qi atrofida aylantirilsa aylanma Ellipsoid hosil bo’ladi.

ELLIPS

ELLIPS (Yunoncha —tushirib qoldirish, yetishmaslik) — nutq yoki matndagi sintaktik qurilma tarkibidan biror unsurning tushirib qoldirilishi, sintaktik qurilmaning tarkibiy “etishmovchiligi”, “noto’liqligi”. Ellips iqtisod (tejamlilik) talabi asosida vujudga kelib, tilning asosiy … Read More

ELLADA MADANIYATI

ELLADA MADANIYATI (arxeologiyada) — Markaziy Yunoniston (Ellada) va Peloponnesdagi jez davri (miloddan avvalgi 2500-1100 yillar) ga oid madaniyat. Miken, Pilos va Tirinfda qal’a va saroy xarobalari, maqbaralar, san’at asarlari topilgan.