Ertalabki gimnastika
Ertalabki gimnastika-ertalablari bajariladigan bardamlashtiruvchi jismoniy mashqlar va suv muolajasi majmui.
Ertalabki gimnastika-ertalablari bajariladigan bardamlashtiruvchi jismoniy mashqlar va suv muolajasi majmui.
Ertak-xalq og’zaki poetik ijodning asosiy janrlaridan biri; to’qima va uydirmaga asoslangan sehrli-sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar.
Erkin tarbiya texnologiyasi-bolaga o’z hayotiy faoliyatini tanlashda erkinlik va tanlash huquqini beruvchi texnologiya.
“Erkin universitet”-AQSh va Angliyada XX asrning 60-yillarida tashkil etilgan bo’lib, unda istagan shaxsning bepul ta’lim olishini ta’minlovchi o’quv muassasa.
Erkin tarbiya-bola shaxsini ideallashtirib, unga go’zallik va haqiqatning asosiy manbai sifatida qarovchi hamda unga o’z-o’zini rivojlantirishi g’oyasini ilgari suruvchi tarbiya turi.
Erkin suhbat-ta’lim-tarbiya usuli bo’lib, o’qituvchi tomonidan ta’lim oluvchilar tafakkurini rivojlantirish, ularni o’quv jarayoniga jalb etish maqsadida qo’llaniladigan usul.
Erkin maktablar-30 nafar tahsil oluvchi, 2 nafar o’qituvchi ishtirok etadigan, asosiy e’tibor tabaqalashtirilgan ta’limning tashkil etilishiga qaratiladigan, o’quv fanlarining qaysi davrda va qanday o’qitilishini tahsil oluvchilarning o’zlari belgilaydigan maktablar.
Ergonomika-zamonaviy darsliklarning har tomonlama didaktik tomondan o’rganuvchi pedagogik soha.
Entsiklopediya (yunoncha Enkyklios paideia – bilimlar doirasi), qomus – muayyan tizimga solingan keng qamrovli bilimlar to’plami, ilmiy yoki ilmiy-ommabop nashr.
Enerjayzer (faollashtirish) mashqlar-ta’lim jarayonining faollashtiruvchi usullardan biri. O’quvchilarda izlanuvchianlik, topqirlik xislatlarini shakllantirishga qaratilgan adabiyot ta’limi jarayonida qo’llanilaigan o’qitish usuli.