Gaplobakteriyalar
Gaplobakteriyalar – Yakka yashovchi bakteriyalar – koloniya hosil qilmay, yakka yashovchi bakteriyalar guruhi.
Gaplobakteriyalar – Yakka yashovchi bakteriyalar – koloniya hosil qilmay, yakka yashovchi bakteriyalar guruhi.
Gangliozidlar – sialat kislota qoldiqlarini tutuvchi tabiiy organik birikmalar hisobIangan glikolipidlar vakili. Neyronlarning plazmatik mеmbranalarida ko’p miqdorda uchraydi. Bakterial toksinlarning retseptori hisobIanadi. Odam organizmida gangliozidlar miqdori уа tuzilishining o’zgarishi asab … Read More
Gamma-nurlar – qisqa elektromagnit nurlanish, ya’ni gamma-nurlanish natijasida hosil bo’ladigan nurlar. Atom yadrolarining yemirilishi уа yadro reaksiyalari natijasida hosil bo’ladi. Juda katta singish, predmet уа jism ichiga kirish xususiyatiga ega. … Read More
Gammaglobulinlar – qon zardobi tarkibidagi globulin fraksiyalaridan biri. Tarkibida bakteriyalar уа viruslarga qarshi ko’pgina zidditanachalar bor. Davolash уа profilaktika maqsadlarida yuqumli kasalliklar (masalan, qizamiq, ko’kyo’tal уа boshqalar)ga qarshi qo’llanadi.
Gamma-aminomoykislota (GAМК) – aminokislota; asab tizimining qo’zg’atgichlaridan biri.
Go’ng qo’ng’izlari – plastinka mo’ylovlilar oilasiga mansub qo’ng’izlar urug’i. 1500 ga yaqin turi mavjud. Tuproq hosil qilish qatnashchisi va sanitar sifatida foyda keltiradi.
Go’ng – mahalliy organik o’g’it. Yerni yumshatish va o’simlikning me’yorli oziqlanishi uchun sharoit yaratadi. Tarkibi azot va barcha kul elementlariga bоу.
Go’dak, jo’ja – hayvon yoki раrranda bolalari; mustaqil hayotga o’rgangunga qadar ota-onasi bilan birga yashaydi.
Guttatsiya, shira chiqarish, tomchilash – o’simlik ildizidagi bosimning ortishi ta’sirida barg orqali suyuqlikning tomchilab chiqishi.