Global ta’lim
Global ta’lim (fransuzcha global-umumiy, lotincha globus-shar)-1) butun yer sharini qamrab oluvchi ta’lim; 2) har tomonlama, to’liq, yalpi, universal ta’lim; 3) keng qamrovli universal ta’lim.
Global ta’lim (fransuzcha global-umumiy, lotincha globus-shar)-1) butun yer sharini qamrab oluvchi ta’lim; 2) har tomonlama, to’liq, yalpi, universal ta’lim; 3) keng qamrovli universal ta’lim.
Gistogramma-tekshiriluvchi belgilarni chastotali taqsimlanishi “ustunli” diagramma.
Gipermediya kitoblar-multimediya kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilish mumkin bo’lgan darslik.
Gimnastika-jismoniy tarbiyaning muhim turi bo’lib, jismoniy mashqlar tizimini o’z ichiga oladi.
Gimnasiya-qadimgi Gretsiyadagi o’quv tarbiya muassasasi.
Gimnaziya-umumiy o’rta ta’lim o’quv muassasasi bo’lib, unda asosiy va o’quvchilarning mayl va qobiliyatlariga ko’ra chuqurlashtirilgan, kasbiy tabaqalashtirilgan ta’limga yo’naltirilgan qo’shimcha o’quv dasturlari asosida o’qitiladigan ta’lim muassasasi. O’zbekiston va ayrim xorijiy … Read More
Gimn-madhiya. O’zbekiston Respublikasining gimni uning davlat madhiyasi hisoblanadi.
Geografiya o’quv predmeti (geo-yer va metriya-o’lchayman)-maktab o’quv predmeti, geometriya darsida matematikaning predmeti shakllari va shakily munosabatlarini o’rganadigan bo’limi.
Geografiya o’qitish metodikasi-1) geografiya ta’limi nazariyasi hamda metodikasi bo’yicha talabalarga muayyan bilim, ko’nikma, malakalar hosil qilishga yo’naltirilgan o’quv fani; 2) geografiya o’qitish metodikasi xususiy pedagogikaning alohida tarmog’i.
Geografiya xonasi-geografiya fanini o’qitishda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni samarali tashkil etish maqsadida maxsus jihozlangan o’quv xonasi.