Homuza, esnash

Homuza, esnash — reflektor akt; organizm toliqqanda, yurak-tomir sistemasi faoliyati yomonlashganda, jismoniy harakat qilinmaganda, dim, ko’p tamaki chekilgan xonalarda bo’lganda va mudroq bosganda ro’y beradi. Homuza og’iz, tomoq, ovoz yo’li … Read More

Homidov Abduraim

Homidov Abduraim (1943.20.10, To’raqo’rg’on tumani Shahand qishlogi) — usta dehqon, O’zbekiston qahramoni (2004). Mehnat faoliyatini 1960 yilda To’raqo’rg’on tumanidagi “O’zbekiston” shirkat xo’jaligida mexanizatorlikdan boshlagan. 1974 yildan shu xo’jalikda brigada boshlig’i, … Read More

Holvaytar

Holvaytar — shirinlik turi. Holvaytar uchun qozonda yog’ yaxshilab dog’lanadi va bir oz sovutilgach, un solib aralashtiriladi. So’ng qozonni olovga qo’yib, un jigarrang tusga kirguncha qovuriladi. Boshqa bir idishda qaynatilgan … Read More

Hoji Yusuf Hay’atiy

Hoji Yusuf Hay’atiy (Hoji Yusuf Mirfayoz o’g’li) (1842 — Xo’jand — 1924) — ma’rifatchi, sayyoh. Diniy maktabda o’qigan bo’lsada, astronomiya, tabiiyot, geografiya fanlariga qiziqqan. Arabiston va Yevropa mamlakatlariga sayohat qilgan. … Read More

Hodi Fayzi

Hodi Fayzi (1895, Avliyo ota — 1937) — ma’rifatparvar. Boshlang’ich ta’limni qishloq maktabida olgan, so’ngra Ufadagi G’oliya yangi usul madrasasida o’qigan. 1910 yil Turkistonga kelib ma’rifatparvarlik faoliyati bilan shug’ullangan. Turkiston … Read More

Hishmat

Hishmat (taxallusi; ism-sharifi Mir Muhammad Siddiq ibn Muzaffar) (1854 — taxminan 1927)-tarixchi va tazkiranavis olim, shoir, xattot. Amir Muzaffarning o’g’li. Ukasi Abdulahad taxtga o’tirgach, 35 yil umrini uy qamog’ida o’tkazgan. … Read More

Hisorak suv ombori

Hisorak suv ombori – yirik gidrotexnika inshooti. Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmog’i bo’lgan Oqsuv daryosi o’zanida barpo etilgan. Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 kilometr uzoqlikda joylashgan. 1983-88 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi … Read More

Hisoblash mashinasi

Hisoblash mashinasi – axborotlarni to’plash, saqlash va qayta ishlash (hisoblash) masalalarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui. Asosan 3 sinfga bo’linadi: analog hisoblash mashinasi, raqamli hisoblash mashinasi … Read More

Hisob foizi

Hisob foizi — 1) banklar veksel, Kupon, aktsiya, obligasiya, boshqa turdagi qimmatli qog’ozlarni va qarz majburiyatlarini ularning to’lov muddatlari kelishiga qadar yoki amal qilish muddatlari tamom bo’lishiga qadar sotib olish … Read More

Hisob

Hisob — sonlarni ifodalash va belgilash usuli. Hisob tizimlarida p ta birlik (masalan, o’n) 2-razryadning bir birligiga (o’nlikka) birlashadi. 2-razryadli shuncha son 3-razryadning bir birligiga (yuzlikka) birlashadi va hokazolar p … Read More