Homa
Homa– gryada, qator tepa, uzun cho`zilgan balandlik. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. Masalan, qum homalari (gryadalari).
Homa– gryada, qator tepa, uzun cho`zilgan balandlik. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. Masalan, qum homalari (gryadalari).
Hovuz – O`rta Osiyoning suv tanqis joylarida suvni saqlash uchun qaziladigan kichik suv ombori. Hovuzlar odatda to`g`ri to`rtburchak shaklida qazilgan.
Hosildorlik– bir ga ekin maydonidan S hisobida olingan qishloq xo`jaligi mahsuloti miqdori.
Hududiy suvlar – dengiz yoki okeanning yon-veridagi davlat sohiliga yaqin joylashgan va shu davlatning milliy hududi hisoblanadigan qismi. Hududiy suvlarning kengligi sohildagi davlat tomonidan yoki xalqaro bitim bilan belgilanadi.
Harakatchan kapillyar suv – tuproqdagi kapillyar naychalarda suv ko`payib, erkin harakat qiladigan kapillyar suv. Kapillyar naychalardagi suv ko`paysa, u erkin harakat qila boshlaydi hamda o`simlik oson o`zlashtira oladi.
Hududiy ishlab chiqarish komplekslari, ishlab chiqarish hududiy komplekslari – jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini hududlar bo`ylab joylashtirish formasi bo`lib, fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ishlab chiqaruvchi kuchlarni taraqqiy ettirish vazifalariga mos tushadi. Hududiy … Read More
Havo namligi – havodagi suv bug`lari miqdori. Havo qancha issiq bo`lsa, unda suv bug`lari shuncha ko`p bo`lishi mumkin. Agar havo muayyan haroratda suv bug`larini boshqa yuta olmasa, to`yingan havo, havo … Read More
Harorat inversiyasi – atmosferaning biror qatlamida yuqoriga ko`tarilgan sari haroratning ortishi. Harorat inversiyasi havoning yer yuzasiga yaqin qismida va erkin atmosferada ro`y berishi mumkin. Yer yuzasi yaqinidagi harorat inversiyasi tuproqning … Read More
Havo massasi – troposfera havosining harorati, namligi, harakat yo’nalishi va boshqa xususiyatlari bir xil bo’lgan katta hajmdagi qismi. Havo massalari – troposfera havosining bir-biridan harorat, namlik, harakat yo`nalishi va boshqa … Read More