INDEKS
INDEKS – 1. Biror iqtisodiy hodisaning izchil o’zgarib borishini ko’rsatadigan raqamlar ko’rsatkichi. 2. Narx, nom va shunday ko’rsatkichlar ro’yxati 3. Harf yoki raqamlarning o’ng tomoniga qo’yiladigan harf yoki son ko’rsatkichi.
INDEKS – 1. Biror iqtisodiy hodisaning izchil o’zgarib borishini ko’rsatadigan raqamlar ko’rsatkichi. 2. Narx, nom va shunday ko’rsatkichlar ro’yxati 3. Harf yoki raqamlarning o’ng tomoniga qo’yiladigan harf yoki son ko’rsatkichi.
IMTIYOZLI TO’LANMALAR (KOMPENSATSIYALAR) – uy-joy kommunal xizmatlariga, transport xizmatlari, sanatoriy-kurort davolashlari va davolash vositalari bilan ta’minlash xizmatlarini to’lash va boshqalar.
IMTIYOZLI SOLIQQA TORTISH – soliq obyektini soliqqa tortish jarayonida jismoniy yoki yuridik shaxslarning soliqdan qisman yoki to’liq ozod etilishi.
IMTIYOZLI NARX – ayrim iste’molchilar yoki ayrim paytda qo’llaniladigan odatdagidan pastroq narx.
IMTIYOZLI AKSIYA – aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini beradi va bu bilan boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ularning imtiyozliligi, bir tomondan aksiyadorlik jamiyati xo’jalik faoliyati natijalaridan qat’i nazar, kafolatlanmagan … Read More
IMTIYOZ – ma’lum bir afzalliklarga ega bo’lish yoki ma’lum bir majburiyatlarni bajarishdan qisman yoki to’liq ozod bo’lish. Zarar ко‘rib ishlaydigan korxonalardan imtiyozli soliqlar olinadi.
IMPORT O’RNINI BOSISH SAMARASI – mahalliylashtirish jarayonini amalga oshirish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ко rsatilgan xizmatlar natijasida tejalgan import mahsulotlari qiymati.
IMPORTGA CHEGARALANGAN MOYILLIK – importga qilingan xarajatlardagi o’zgarishning YalM yoki YaMD o’zgarishiga nisbatan ulushi. Importga qaratilgan xarajatlar hissasi.
IMPORT-EKSPORT SOLIG‘I – soliqqa tortishning ko‘rinishlaridan biri; tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish vositasi (chorasi). Soliqqa tortish obyekti bo’lib belgilangan kurs bo’yicha milliy valyutada hisoblangan tovarlarning boj qiymati yoki og’irlik … Read More
IMPORT XARIDLAR SAMARASI – mamlakatning sof eksport hajmi va undagi narxlar darajasi, shuningdek, boshqa mamlakatlardan narxlar darajasi o’rtasidagi teskari aloqa.