Jilovxona
Jilovxona – darvoza yonboshidagi maxsus xona, bostirma. Odatda ot, eshik bog’lanadigan joy.
Jilovxona – darvoza yonboshidagi maxsus xona, bostirma. Odatda ot, eshik bog’lanadigan joy.
Jilolamoq (sayqallamoq, yaltiramoq) – ishqalab, biror narsaga yaltiroq, silliq ko’rinish bermoq.
Jilo – pardoz ko’rki, sayqali, yaltiroqlik.
Jarohat – tashqi ta’sir natijasida inson tanasi a’zolari va to’qimalarining anatomik yaxlitligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi tushuniladigan zarar.
Jilvir – 1) yuzasi qum bilan qoplangan pardoz qog’ozi. Biror narsa yuzasini silliqlash, sayqal, jilo berish uchun ishlatiladi; 2) pardoz sifati.
Jarlik (pastlik, sayozlik, ko’llik ma’nosida) – daryo vodiysi havzasidan yuqori joylashgan va suv ko’tarilishi yoki toshqin paytida suv bosgan qismi.
Jarayon – 1) biror hodisaning borishi, rivojlanishi, uning rivojlanishidagi holatlarning ketma-ket o’zgarishi; 2) maqsadga erishishga qaratilgan harakatlarning takrorlanadigan ketma-ketligi.
Jamoatxona – ma’muriy, diniy, ommaviy binolardagi eng yirik xona, xonaqox, tolor. Ahmad Yassaviy (XV-asr) me’moriy kompleksi markazini ulkan jamoatxona tashkil etadi.
Jamoat xizmat ko’rsatish pog’onalari – aholining foydalanish takroriyligi negizi bo’yicha ajratiladigan xizmat ko’rsatish muassasalari guruhi.
Jamoat bino va inshootlar – aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish va ma’muriy muassasalar hamda jamoat tashkilotlarini joylashtirish uchun mo’ljallangan bino va inshootlar.