KAFT
KAFT (Arabcha) — bir kaftga sig’arli un, don kabi sochiluvchi narsalar o’lchovi.
KAFT (Arabcha) — bir kaftga sig’arli un, don kabi sochiluvchi narsalar o’lchovi.
KAXETI (KAXETIYA) QO’ZG’OLONI -gruzin xalqining Eron hukmronligiga qarshi qo’zg’oloni (1659). Eron shohining Kaxeti tekisliklariga ko’chmanchi turkman kabilalarini joylashtirmoqchi bo’lgani sabab bo’lgan. Kaxeti (Kaxetiya )qo’zg’oloni natijasida Eron qo’shinlari kaxetidan quvib chiqarilgan.
KASH POLIKARP (1911.26.1 – 1993) -amerikalik fizik. Ilmiy ishlari atom, molekulyar va yadro fizikasiga oid. 1949 yilda yuqori aniqlikda elektronning magnit momentini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1955).
KASHKAYLAR (o’zlarini Kashkay deb ataydilar) — Erondagi (Fors viloyatida) xalq. 780 ming kishi (1990- yillar o’rtalari). Qabila, guruhlarga bo’linib yarim ko’chmanchilik bilan hayot kechiradilar. Ozarbayjon tili lahjasida so’zlashadilar. Dindorlari — … Read More
KASHOVARZ, Kishovarz (fors— ekinzor, dehqon) — ilk o’rta asrlarda Xuroson va Movarounnahrdagi qishloqlarda dehqonchilik bilan shug’ullangan shaxs.
KAUSTIK SODA (Yunoncha kaystikos – kuydiruvchi) — o’yuvchi ishqorlar — natriy gidroksid (NaOH) va kaliy gidroksid (kon)ning texnik nomi.