KALYARI

KALYARI — Italiyadagi shahar, Sardiniya orolidagi port. Kalyari provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 212 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Kemasozlik rivojlangan. Kimyo, neft kimyosi, yog’ochni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish … Read More

KALYAO

KALYAO — Perudagi shahar, kalyao buxtasi sohilida joylashgan. Lima aglomerasiyasi tarkibida. Kalyao Konstitutsion provintsiyasini tashkil etadi. Aholisi 699,5 ming kishi (1996). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazlaridan. Tinch okean sohilidagi … Read More

KALTSIFIR

KALTSIFIR — kaltsit yoki dolomit va ozroq miqdordagi silikatli minerallar (granat, piroksen, shpinel, olivin va boshqalar)dan iborat metamorfik tog’ jinsi. Yuqori temperaturali sharoitlarda magnezial ohaktoshlarning qayta kristallanishidan vujudga keladi. Mineral … Read More

KALTSINATSIYA

KALTSINATSIYA — kimyoviy inert xamda nam tortmaydigan alyuminiy oksid (giltuproq) hosil qilish maqsadida alyuminiy gidroksidni yuqori (1200°) temperaturada qizdirib suvsizlantirish. Kaltsinatsiya jarayonida alyuminiy gidroksid quyidagicha o’zgaradi: A1(on)3 ’80’ “AYUON 55 … Read More

KAMBA

KAMBA, akamba — Keniyadagi xalq. Bantu xalqlari guruhiga kiradi. Umumiy soni 3,25 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Akamba tilida so’zlashadi. Negroid irqiga mansub. Dindorlari xristian-katoliklar, shuningdek, an’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud.

KAMAU

KAMAU, Kamo — Hindixitoy Janubdagi yarim Orol, Vetnam hududi. Janubiy Xitoy dengizi bilan Siam qo’ltig’i oralig’ida. Mekong deltasidan Janubiy- G’arb tomon 180-200 kilometrgacha dengiz ichkarisiga kirib borgan. Mangra o’rmonlari, botqokliklar … Read More

KAMAR

KAMAR — kiyim ustidan belga taqiladigan to’qali belbog’, enli tasma. O’rta Osiyo xalqlarida qadimdan mavjud bo’lib, ko’pincha aslzodalarning hashamdor kiyimlarining tarkibiy qismiga kirgan, shuningdek, harbiylar va ovchilar ham taqqan. Kamar … Read More

KAMAR

KAMAR — o’pqon, jarlik; sel va suv toshqinida hosil bo’lgan chuqurlik; anhor, ko’l, daryoning tik tushgan girdobli chuqur joyi; atrofini qir, tepalar o’rab turgan pastlik yer, qirdagi uzun cho’zilgan do’nglar. … Read More

KAMALAK

KAMALAK — 1) osmon gumbazida rango-rang bo’lib ko’rinadigan yoy; yorug’likning atmosferadagi yomg’ir tomchilarida sinishi, qaytishi va difraktsiyasi natijasida yuz beradi. Yomg’ir yog’ib o’tgach, Quyoshga qarama-qarshi tomonda hosil bo’ladi. Quyosh ufqqa … Read More

KAMAKURA

KAMAKURA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolida. Aholisi 170,3 ming kishi (1990-yillar oxiri). Kino sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Kamakura — shahar-muzey. 12-asrda qadimgi Yaponiya poytaxti … Read More