KONTOKORRENT KREDITI
KONTOKORRENT KREDITI – bankning mijozi bo’Igan korxona ko’p sonli korxonalar bilan ikki tomonlama aloqada bo’Igan hollarda qo’llashdir.
KONTOKORRENT KREDITI – bankning mijozi bo’Igan korxona ko’p sonli korxonalar bilan ikki tomonlama aloqada bo’Igan hollarda qo’llashdir.
KONTOKORRENT – l) bank bilan mijoz o’rtasidagi barcha operatsiyalarni hisobga oladigan yagona schyot; 2) doimo savdo muloqotida bo’Igan ikki savdo korxonasining o’zaro kelishuvi bo’yicha ochilgan hisob-varag’i.
KONTINGENTLASHTIRILGAN SOLIQLAR – umumiy summasi oldindan o’rnatiladigan va so’ng mamuriy birliklardan tortib to alohida soliq to’lovchilar o’rtasida taqsimlanadigan soliqlar.
KONTINGENTLASHTIRISH – eksport va import kvotalarini belgilashyordamida davlat tomonidan tashqi savdoni tartibga solish shakllaridan biri.
KONSYUMERIZM – iste’molchilar huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashkil qilingan harakat. Iste’molchilar xavfsizligi, ularning iqtisodiy manfaatlarini muhofaza qilish, sifatsiz tovar ishlab chiqarish, g’irrom raqobatchilikka qarshi kurash bilan bog’liq.
KONSULLIK – biron davlat, firma yoki kompaniyaning boshqa bir mamlakat ichidagi vakolatxonasi.
KONSIGNATOR – sotiladigan tovarlar qo’lida bo’lgan, lekin uning egasi bo’lmagan vositachi. U tovarlar uchun to’lovni ularni sotib bo’lganidan keyin yoki muayyan muddatda amalga oshiradi.
KONSIGNATSIYA – tovarlarni vositachilar ombori orqali sotish shakli. Bunda yetkazib beruvchi vositachi omboriga kelib tushgan tovarga egalik qilish huquqini tovar xaridorga sotilgan paytga qadar saqlab qoladi.
KONSESSIYA SHARTNOMALARI – tabiiy boyliklar, ayrim foydali qazilmalarni qazib olish va o’zlashtirish uchun tuziladi.
KONSERVATIZM – eskirib qolgan g’oyalarga, tartiblarga mutaassibona e’tiqod qo’yish, berilish, ergashish, taraqqiyotga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotdagi, fan, san’atdagi va boshqa sohalardagi yangiliklarga qarshi harakat qilish.