Mikroblar

Mikroblar (Yunoncha mikros — kichik, bios — hayot) — mikroorganizmlarning umumiy nomi. Mikroskopik organizmlarga bakteriyalar, aktinomisetlar, achitqi va mog’or zamburug’lari, bir hujayrali hayvonlar, viruslar kiradi. Ba’zan mikroskopik suvo’tlar va boshqalar … Read More

Mikroneziyaliklar

Mikroneziyaliklar – qardosh xalqlar guruhi (Kiribati, truk, Marshalliklar va boshqalar). Mikroneziyaning tub aholisi. 220 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mikronez tilida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar, protestantlar. An’anaviy diniy e’tiqodlar ham mavjud.

Mikrorelef

Mikrorelef (mikro… va relef) — yer yuzasining kichik relef shakllari: jarlar, soylar, kichik vodiylar, dare qayiri (terrasa) relefi, kichik qum tepalari va boshqalar. Mikrorelef, aksari, ekzogen faktorlar tufayli vujudga keladi.

Mikrostruktura

Mikrostruktura (mikro… va struktura) — metallarda — qattiq jismlar (minerallar, metallar, qotishma va boshqalar) ning optik yoki elektr mikroskop yordamida ko’rinadigan tuzilishi.

Mikrosporangiy

Mikrosporangiy (mikro… va sporangiy) — ko’p hujayrali organ. Har xil sporali qirqquloqsimonlar va urug’li o’simliklarda bulib, mikrosporalarni hosil qiladi. Selaginella va sigillyariyalar Mikrosporangiyi maxsus barg qo’ltig’ida yoki ularning ustki tomonida, … Read More

Mikrospora

Mikrospora (mikro… va spora) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urug’li o’simliklarning mayda sporalari. Odatda, maxsus organlar — mikrosporangiylarda arxesporial hujayralarning meyozga uchrashi natijasida ko’p miqdorda hosil bo’ladi. Mikrospora yupqa … Read More

Mikroskop

Mikroskop (lotincha Microscopium) — osmon sferasining Janubiy yarim sharidagi yulduzlar turkumi. Eng yorug’ yudduzi 4,0 vizual yulduz kattaligida. Turna, Janubiy baliq, Jadi, qavs va hindiy yulduz turkumlari oralig’ida joylashgan. O’rta … Read More

Mikrosefaliya

Mikrosefaliya (mikro… va Yunoncha kephale — bosh) — rivojlanish nuqsoni; gavdaning boshqa qismlari raso bo’lgani holda kalla suyagi va bosh miyaning kichikligi. Homiladorlikda onaning virusli kasalliklar bilan og’rishi, toksoplazmoz, ba’zan … Read More

Miksedema

Miksedema (Yunoncha tuxa — shilimshiq va oidema — o’sma shish), shilimshiq shish — qalqonsimon bez faoliyatining susayishi yoki butunlay to’xtashi natijasida kelib chiqadigan holat; gipotireoz ko’rinishlaridan biri.