Miokard

Miokard (Mio… va Yunoncha kardia — yurak), yurak muskuli — yurakning o’rta muskul qavati. Alohida ko’ndalangtarg’il muskul to’qimasidan tuzilgan, yurak devorining asosiy qismi. Organizmning butun hayoti davomida o’z-o’zidan ritm bilan … Read More

Mir

Mir (Arabcha Amir). — amirning qisqartirilgan shakli. O’rta Osiyoda murakkab tarkibli so’z bo’laklarida “mutasaddi” ma’nosida keladi (masalan, Mirshikor — ov amiri, mirob — suv amiri, mirshab — tun amiri). Kishi … Read More

Miosen bo’limi

Miosen bo’limi (epoxasi), miosen (Yunoncha meion — kam va kainos — yangi) — neogen sistemasi tog’jinslari qatlamining quyi bo’limi; yerning geologik tarixida neogen davrining birinchi, juda qadimgi yarmiga mos keladi. … Read More

Mioma

Mioma (Mio… va Yunoncha ota — o’sma ma’nosini anglatuvchi qo’shimcha) — muskul to’qimasidan vujudga keladigan xavfsiz o’sma; tarkibida muskul elementlari bor. Silliq muskul to’qimalaridan paydo bo’ladigan leyomioma va ko’ndalangtarg’il muskullardan … Read More

Miologiya

Miologiya (Mio… va … logiya) — muskullar to’g’risidagi ta’limot, odam va hayvonlar anatomiyasining bir bo’limi.

Mira

Mira (lotincha mira — ajoyib) — Kit yulduz turkumida kuzatilgan birinchi o’zgaruvchan yulduz. 1596 yilda nemis astronomi Fabrisius aniqlagan. Ravshanligi o’rtacha 331,5 sutkalik davr bilan 2,0 dan 10,1 yulduz kattaligi … Read More

Miranda

Miranda — uran sayyorasining eng yaqin yo’ldoshi. Mirandani 1948 yilda AQSh astronomi J. Koyper topgan. Miranda diametri taxminan 500 kilometr. Sayyoradan o’rtacha uzoqligi 130400 kilometr. Uran atrofini 33 soat 56 … Read More

Mirza

Mirza — 1) yozuvchizuv ishlarini olib borgan mansabdor shaxs, kotib; 2) savodli, o’qimishli kishi; 3) O’rta Osiyo xalqlarida kishi ismi.

Mirzaboshi

Mirzaboshi — Qo’qon xonligidagi saroy mansablaridan biri. Mirzaboshi 1852 yil Toshkentda qipchoqlar hukmronligini ag’darib tashlash arafasida 2-shaxs (qushbegidan keyin) hisoblangan.