Monoplan
Monoplan (mono… va lotincha Planum — tekislik) — bir qanotli samolyot. Qanoti yupqa va yassi bo’lganligi uchun u tekislik deb atalgan. Qanotning fyuzelyajga nisbatan o’rnatilish usuliga ko’ra, Monoplan yuqoriplan, o’rtaplan … Read More
Monopodial shoxlanish -o’simliklarning shoxlanish tipi; bunda ularning asosiy poyasi butun hayoti davomida o’sadi.
Monosemiya (mono… va Yunoncha Sema — belgi), bir ma’nolilik — so’zlarning matnida ham, matndan tashqarida ham faqat bitta ma’noga ega bo’lishi. Ilmiy-texnik terminlar, kasb-hunar so’zlari, ayrim yakka tushunchalarni ifodalovchi so’zlar … Read More
Monoteizm, yakka xudolik (mono … va Yunoncha treos — Xudo) — yagona Xudo haqidagi tasavvurlarga asoslanuvchi diniy e’tiqodlar. Ko’p xudolik (polite izm)ning aksi. Xristianlik, iudaizm va Islom Monoteizmga asoslangan dinlardir.
Monoxromatik yorug’lik (mono… va Yunoncha chromatos — rang) — muayyan va o’zgarmas chastotali elektromagnit to’lqin. Yorug’lik to’lqinlarining o’zaro farqi tufayli bu yorug’lik odamning ko’ziga turli ranglarda bo’lib ko’ringanligidan shunday atalgan. … Read More
Monoxromiya (mono… va Yunoncha chroma — rang) — san’at asarining rang (kolorit) echimi; biror-bir rangning bir tus yoki uning tuslanishi (bir rangga bo’yash)ga asoslanadi. Masalan, grizayl.
Morganida (inglizcha Morgan-unit. Amerika biologi T. X. Morgan ismidan) — 1% krossingover chastotasi bilan ifodalanuvchi ikki gen lokusi orasidagi genetik masofaning o’lchov birligi. Xromosomalar genetik xaritasini tuzishda qo’llanadi.
Morenali landshaft – yer yuzasini morena yotqiziqlari qoplab yotgan joylar landshafti. Morenali landshaftda morena tepalari, ular orasida soyliklar, yirik g’o’latoshlar, soyliklarda ko’llar, botqoqliklar bo’ladi.