Megasporofill

Megasporofill (Mega va sporofill) — faqat megasporangiy hosil qiladigan barg; masalan, har xil sporali plaunsimonlar (lepidodendronlar, selaginellalar va boshqalar)da, sagovniklarda. Yopiqurug’li o’simliklarda Megasporofill, mevabargga o’xshaydi.

Megapolis

Megapolis (Mega… va polis) — shahar aglomerasiyalarining qo’shilib ketishi natijasida hosil bo’lgan yirik shaharlar to’plami. Masalan, AQSh Atlantika bo’yining shimoliy qismi.

Megantrop

Megantrop (Mega… va Yunoncha Antropos — odam) — yirik qazilma odamsimon maymun; jag’parchalari Yava orolidan (1941, 1953) va Sharqiy Afrikadan (1939) topilgan.

Mega …

Mega … (Yunoncha megas — katta) — qo’shma so’z bo’lagi. 1) katta o’lchamni, biror narsaning kattaligini ifodalaydi (masalan, Megafon); 2) birlikning million (106) marta kattalashtirilganligini ko’rsatuvchi old qushimcha, mas, 1 … Read More

Mvanda, Moanda

Mvanda, Moanda — Gabondagi dunyoda eng katta marganes koni, yuqori Ogave yaqinida. Ruda 1962 yildan qazib olinmoqda. Kelib chiqishi cho’kindi. Aniqlangan zaxirasi 400 million tonna chamasida. Tarkibidagi Mp 50% gacha. … Read More

Mahshar

Mahshar (Arabcha — to’planish, yig’ilish joyi) — sunniylikdagi oxirat va shialikdagi ma’od aqidasi bilan bog’liq tasavvur. Islom an’anasida dunyo tugagach, insonlar tirilib, o’rnidan turib to’planadigan va so’roq qilinadigan kun, deb … Read More

Mahsulot sifati

Mahsulot sifati – mahsulot xususiyatlari majmui, uning jamiyat va shaxs ehtiyojlarini qondirish darajasi bilan belgilanadi. Mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va tovar raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim sharti.