Maskat

Maskat —Arabiston yarim orolining Janubi-sharqidagi sultonlik (1792-1970). 1891 — 1958 yillarda Britaniya protektorati. 1970 yil avgustda Maskat sultoni Ummon sultonligi (Maskat va Ummon imomligini qo’shgan holda) barpo etilganini e’lon qilgan.

Masala

Masala — muayyan bilim va tafakkur asosida hal qilinishi lozim bo’lgan narsa, muammo (masalan, milliy Masala); 2) umumiy o’rta ta’lim maktablari va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’quvchilarga muayyan fanlardan bilim … Read More

Masai

Masai (maasai) — Keniya va Tanzaniyadagi nilotlar guruhiga mansub xalq. 670 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Masai tilida so’zlashadi. An’anaviy diniy e’tiqodlar saqdangan. Ko’chmanchi chorvadorlik, asalarichilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug’ullanadilar. Masailarning … Read More

Marg’ula

Marg’ula — gajak, burama shaklidagi o’simliksimon naqsh bo’lagi. Bir novdaning uchida ikkita Marg’ula chizilsa, qo’sh Marg’ula, Marg’ula novda bilan tasvirlanganda Marg’ulali novda deb ataladi. Naqsh mujassamotida to’ddiruvchi bo’lak hisoblanadi. Miskarlik, … Read More

Marshall orollari

Marshall orollari – Tinch okeandagi arxipelag, Mikroneziyada. Bir necha yuz marjon Orol, atoll va riflardan iborat. Marshall orollarini 1529 yilda ispan dengizchi sayyohi A. Saavedra Yevropaliklarga ma’lum qilgan. Orollarni keyinroq … Read More

Marsh

Marsh (Fransuzcha marche — yurish) (harbiyda) — 1) safda baravar qadam tashlab yurish. Dushmanning to’satdan hujum qilish ehtimolini hisobga olib, kolonnaning oldi, orqa va yon tomonlariga maxsus qo’riqchi bo’linma (dozor)lar … Read More

Mart

Mart (lotincha Mars) — Grigoriy kalendarida yilning uchinchi oyi (31 kunlik). Qadimgi rimliklarda urush xudosi — Mars nomiga qo’yilgan.

Marosim

Marosim — 1) diniy yoki an’anaviy urf-odatlar munosabati bilan o’tkaziladigan ma’raka, yig’in: Diniy marosimlar, to’y marosimlari, dafn marosimi va boshqalar; 2) tantanalar bilan o’tkaziladigan rasmiy yig’in: yubileylar, mukofot berish marosimi, … Read More

Markomanlar

Markomanlar — german qabilasi. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida hozirgi Saksoniya va Tyuringiya hududida yashagan. 166-180 yillarda Rimga qarshi urushgan. 4-asrdan Markomanlar xalqlarning buyuk ko’chishi oqimiga qo’shilib ketgan. 5-asr oxirida … Read More