MADAGASKAR

MADAGASKAR — Hind okeanidagi Orol, Afrika materigidan 400 kilometr sharqda. Maydoni 590 ming kilometr kvadrat. Orolda Madagaskar davlati joylashgan.

MAGNITOSTATIKA

MAGNITOSTATIKA, magneto statika (magnit va …statika) — elektromagnit maydon nazariyasining bir bo’limi. Magnitlangan jismlar va vaqt davomida o’zgarmaydigan magnit maydonining xossalarini o’rganadi. Magnitostatika dastlab doimiy magnitlarning o’zaro ta’siri haqidagi ta’limot … Read More

MAGNITIK ANTENNA

MAGNITIK ANTENNA – o’zagi magnit materiallaryaan yasaladigan ko’p o’ramli ramkali antenna. Magnit Material sifatida, ko’pincha, magnitodielektriklar yoki ferritlar ishlatiladi. Asosan, gektometrli va kilometrli to’lqin diapazonlari uchun ixcham radioeshittirish qurilmalarida, radiopelengasiya … Read More

MAGNIT DOIMIY

MAGNIT DOIMIY – magnetism va elektromagnetizm tenglamalarini rasioanal shaklda yozishda (si birliklar tizimida) bu tenglamalarga kiruvchi koeffisient: (x0 = 4R-10~7 Gn/ m=1,25663706144-10-6 Gn/m; ba’zan fizik vakuumning magnit singdiruvchanligi ham deyiladi.

MAGISTRATLAR

MAGISTRATLAR (lotincha — magistrate — boshliq) — qadimgi Rimdagi davlat lavozimi. Respublika o’rnatish davrida paydo bo’lgan (miloddan avvalgi 6-asrning oxiri). Oliy Magistratlar (diktator, desemvirlar, konsullar, pretorlar, tsenzorlar) va quyi Magistratlar … Read More

MAGNALIY

MAGNALIY — asosiy legirlovchi element magniy (1 — 3%) bo’lgan alyuminiy qotishmalari. Yaxshi payvandlanadi, korroziyabardoshligi (zanglashga chidamliligi) va plastikligi yuqori. Magnaliy kuyma va deformatsiyalanadigan list ko’rinishida ishlab chiqariladi. Kuyma Magnaliydan … Read More

MAGISTRAL

MAGISTRAL (lotincha magistalis — rahbarlik qiluvchi, bosh, asosiy) — 1) asosiy yo’nalish, yo’llardagi asosiy liniya (temir yo’l magistrali, suv magistrali); 2) elektr tarmog’i, telegraf va telefon aloqadagi asosiy kabel, sim; … Read More

MAVRLAR

MAVRLAR (lotincha Mauri, Yunoncha Mauros — qora) — 1) Mavretaniya, Afrikaning shimoliy-g’arbiy viloyatlari tub joy aholisining rimcha atalishi; 2) Mavritaniyaning Arab-barbar aholisi. Shuningdek, Afrikaning boshqa mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni … Read More

MUHAMMAD ALI

MUHAMMAD ALI (15-asr) – shoir. G’aribiy taxallusi bilan she’rlar yozgan. Alisher Navoiyning tog’asi. Davrining obro’li xattotlaridan, musiqada e’tiborli kishi bo’lgan. Sozlarni yaxshi chalgan. She’rlarining aksariyati turkiy tilda yozilgan bo’lib, ularda … Read More