Mezoiqlim
Mezoiqlim– nisbatan kichik hududlar iqlimi. Masalan, kichik tog` vodiysi iqlimi, shahar iqlimi, sohil iqlimi va h.k.
Mezoiqlim– nisbatan kichik hududlar iqlimi. Masalan, kichik tog` vodiysi iqlimi, shahar iqlimi, sohil iqlimi va h.k.
Mejen – daryoda suv eng kamaygan vaqt. Yer osti suvidan to`yinadigan daryolarda yoz kirib kunlar isib ketishi bilan mejen boshlanadi.
Meandr (Kichik Osiyoda egri-bugri bo`lib oqadigan Katta Menderes daryosi nomidan) – tekislik daryolarining ilon izi bo`lib burilib-burilib oqishi, o`zanning egri-bugriligi.
Mahalliy vaqt – Yer yuzasidagi har bir joyning o`z astronomik vaqti. O`rta Quyosh quyi kulminatsiyada bo`lganda mahalliy vaqt 00 soat 00 daqiqa bo`ladi. Mahalliy vaqt har bir joyning geografik uzunligiga … Read More
Mag`rib (arabcha) – 1) dunyoning to`rt tomonidan biri – g`arb; 2) Afrikada Tunis, Jazoir, Marokashdan iborat hudud.
Mag`or– g`or.
Mashriq– sharq, sharqiy o`lkalar. Mashriqdan mag`ribgacha – sharqdan g`arbgacha.
Materiklar, kontinentlar– Yer sharining dengiz va okeanlar bilan qurshab olingan eng yirik quruqliklari. Hammasi bo`lib oltita materiklar bor: Yevrosiyo (Yevropa bilan Osiyo), Afrika, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya.
Materik yonbag`ri – okean tubining qirg`oqqa yaqin qismi; shelf bilan okean qa’ri orasida. Chuqurligi 200-3600 m. Bu yerda suv osti tizmalari, qirlari va soyliklari uchraydi.
Marg`zor– maysazor, o`tloq joy.