MENEJMENTNING TASHKILIY TARKIBI
MENEJMENTNING TASHKILIY TARKIBI – firmaning maqsadga erishishi uchun zaruriy vazifalarni ta’min etuvchi boshqaruv idoralari birlashmasi orasida hukm suruvchi tizim.
MENEJMENTNING TASHKILIY TARKIBI – firmaning maqsadga erishishi uchun zaruriy vazifalarni ta’min etuvchi boshqaruv idoralari birlashmasi orasida hukm suruvchi tizim.
MENEJERNING O’ZINI O’ZI NAZORAT QILISHI – menejerning o’z faoliyati natijalari ustidan nazorat qilishi tufayli mehnat jarayoni yaxshilanadi, qo’yilgan maqsadga erishildimi yoki yo’qligi tekshiriladi hamda kerakli tuzatishlar kiritiladi.
MENEJERLIK – ishlab chiqarish faoliyatidan ko’proq samara olish maqsadida intellektual, moliyaviy, xomashyo va moddiy quvvatlami boshqarish san’ati.
MENEJER – yollanma professional boshqaruvchi; doimiy ravishda boshqaruv lavozimini egallab turuvchi va bozor sharoitlarida faoliyat yurituvchi tashkilot faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qaror qabul qilish vakolati berilgan shaxs.
MENA – tovar ayirboshlash bitimlari qiymati. Teng tovarlarni bir-biriga ayirboshlash.
MEMORIAL-ORDER – buxgalteriya provodkasi aks ettiriladigan hujjat. Unda orderning nomeri, oy, yil, yozuvning mazmuni, summa, debetlanuvchi va kreditlanuvchi schyotlarning nomi (schyotlar korrespondensiyasi) ko’rsatiladi. Memorial-orderlar maxsus blankalarda tuziladi va bosh (katta) … Read More
MELIORATSIYA – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliy-xo’jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi.
MEHNATNI VAZIFAVIY TAQSIMLASH – alohida ishchilar guruhini ularning jamoat faoliyatidagi vazifalariga qarab taqsimlash.
MEHNATNI NORMALASH – ilmiy asoslangan mehnat xarajatlari va uning natijalarini: vaqt normalari, soni, xizmat ko’rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarishning normalangan topshiriqlari normalarini aniqlashdir.