MAK-KULLOX JON RAMSEY
MAK-KULLOX JON RAMSEY (1789-1864) – ingliz olimi, Maltusni qo’llagan, mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surgan.
MAK-KULLOX JON RAMSEY (1789-1864) – ingliz olimi, Maltusni qo’llagan, mehnat bilan birga kapital ham boylik yaratishda ishtirok etadi, degan fikrni ilgari surgan.
MAJBURIYAT – majburiyat, va’da, vazifa, burch, tilxat; shartnoma bilan rasmiylashtirilgan fuqarolik huquqiy munosabatlar.
MAJBURIY ZAXIRALAR SIYOSATI – tijorat banklari jalb qilgan mablag’lar ma’lum bir qismining Markaziy bankning zaxira fondiga o’tkazilishidir.
MAJBURIY ZAXIRA (REZERV)LAR – Majburiy bank rezervlarining me’yorini o’zgartirish siyosati – pul-kredit siyosati vositalaridan biri. Majburiy bank rezervlarining me’yori Markaziy bank tomonidan belgilanadi va o’zgartiriladi. Agar u kamaytirilsa, ortiqcha bank … Read More
MAJBURIY TO’LOV – egasining roziligisiz hisob-kitob schyotidan pul mablag’ining o’tkazilishi. Masalan, majburiy to’lovlariga; davlat budjetiga, davlat ijtimoiy sug’urtasiga to’lov, sug’urta to’lovlari va boshqa belgilangan qoidalarga asosan to’lovlar kiradi.
MAJBURIY SUG’URTA – sug’urta munosabatlarining qonun kuchiga ega bo’Igan shakli. Majburiy sug’urta qonunchilik hujjadari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug’urtaga tortiladigan obyektlar soni, sug’urta javobgarligining hajmi, sug’urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning … Read More
MAHSULOT ATTESTATSIYASI – mahsulot sifatining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini obyektiv baholashni tizimli ravishda amalga oshirishni ko’zda tutuvchi, tashkiliy-texnik va iqtisodiy choratadbirlar majmuasi.
MAHSULOTNING YASHASH DAVRI – mahsulot hayoti beshta bosqichining almashinish davri: ishlab chiqish, ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o’sish, bozorning to’yinishi va ma’naviy eskirish.
MAHSULOTNING UMUMIY HAJMI – mehnat jarayonida qo’llaniladigan ishlab chiqarish omillarining hamma miqdoridan to’liq foydalanib ishlab chiqarilgan mahsulot.
MAKROIQTISODIYOT (grek. “macros” – katta va iqtisodiyot ma’nosini bildiradi) – u davlat iqtisodiyotiga bog’liq bolib, iqtisodiy voqelikva jarayonni o’rganadi. Asosiy maqsadi va muammolari quyidagi asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi: yuqori darajada … Read More