Mahdiylik
Mahdiylik-diniy-afsonaviy ta’limot. Bu ta’limot zamona oxir bo’lganda “maxfiy imom” imom mahdi yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o’rnatadi degan e’tiqod asosida shialar o’rtasida kelib chiqqan.
Mahdiylik-diniy-afsonaviy ta’limot. Bu ta’limot zamona oxir bo’lganda “maxfiy imom” imom mahdi yerga qaytib kelib, adolatli tuzum o’rnatadi degan e’tiqod asosida shialar o’rtasida kelib chiqqan.
Mahdiy-shialarning toyib bo’lgan o’n ikkinchi imomlarining nomi.
Mahalla-shahar va qishloqlarda aholi yashaydigan ma’muriy-hududiy birlik. XX asrning 20-yillariga qadar mahallar 50-60 xonadondan tashkil topgan bo’lib, shaharlarda daha tarkibiga kirgan. Mahalla hay’atiga saylab qo’yiladigan ellikboshi rahbarlik qilgan. Ellikboshi mahallalardagi … Read More
Ma’raka-biror muhim voqea, to’y va boshqa munosabatlar bilan o’tkaziladigan marosim, yig’in. Ta’ziya marosimlari ham ma’raka deyiladi.
Ma’dan-yerdan qazib olinadigan foydali qazilmalar, xususan, metallar va ularning rudalari, minerallarning umumiy nomi.
Ma’vo-boshpana degan ma’noni anglatgan.
Mashshoq-mashq qiluvchi, kuyni sozda ijro etuvchi sozanda.
Mashriq-dunyoning to’rt tomonidan biri, ya’ni Sharq tarafni anglatgan. Arab Sharqining nomi. Xuroson va Movarounnahr ham ba’zi tarixiy adabiyotlarda Mashriq deb atalgan.