NUZXA, NUZHAT
NUZXA, NUZHAT (Arabcha — ko’ngil ochuvchi, lazzatbaxsh) — qonun turidagi qadimiy ko’p torli musiqa cholg’usi.
NUZXA, NUZHAT (Arabcha — ko’ngil ochuvchi, lazzatbaxsh) — qonun turidagi qadimiy ko’p torli musiqa cholg’usi.
NOG’ORA BAZM — o’tmishda nog’orachilar, sozandaxonandalar, raqqoslar ishtirokida bayram sayli, to’ylarda o’tkazilgan katta musiqiy kecha, yig’in.
NOYABR (lotincha November — to’qqiz) — Grigoriy kalendari yilning 11- oyi, 30 kunlik. Qadimgi Rim kalendarida 9-oy (qadimgi rimliklarda yil mart oyida boshlanib, o’n oy bo’lgan).
NOTA (lotincha nota) — 1) musiqa asarlarini yozib olish uchun qo’llaniladigan yozuv belgisi; 2) musiqa asari yozilgan varaq, daftar, kitob va boshqalar.
NORMANNLAR (skandinavcha northman — shimol odami) — Skandinaviya yarim orolida yashagan va Yevropa mamlakatlariga bosqinchilik yurishlari (8— 11-asrlar) uyushtirgan xalqlar; G’arbiy Yevropada shu nom bilan mashhur bo’lishgan. Skandinaviyaning o’zida yurish … Read More
NORMANN NAZARIYASI – Rossiya va boshqa xorijiy tarixshunosligidagi oqim. Uning tarafdorlari normannlar (Varyaglar) qadimgi Rusdagi davlatga asos solishgan deb hisoblaydilar. 18-asr 2-choragida G.Z.Bayer, G.F.Miller va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Normann … Read More
NORMANDIYA DESANT OPERATSIYASI — 2-jahon urushi davridagi jangovar operatsiya (1944 yil 6.6 — 24,7). Ikkinchi frontnint ochilishi. Angliya- Amerika ekspedision kuchlarining Lamansh bo’g’ozi orqali Normandiyaga tushirilishi va qulay strategik plasdarmni … Read More
NORDON YOMG’IRLAR – tarkibida oltingugurt vodorodi, karbonat angidridi bo’lgan yomg’irlar. Yirik metallsozlik, kimyo korxonalari, issiqlik elektr stantsiyalaridan havoga ko’tarilgan tutun va boshqa gazlar havodagi nam bilan qo’shilib hosil bo’ladi. Jonivorlar, … Read More