NARX BILAN RAQOBATLASHUV
NARX BILAN RAQOBATLASHUV – bozordagi raqobat usullaridan biri. Bozor narxini o’zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarib, o’z mavqeyini mustahkamlash.
NARX BILAN RAQOBATLASHUV – bozordagi raqobat usullaridan biri. Bozor narxini o’zgartirish orqali raqibni bozordan siqib chiqarib, o’z mavqeyini mustahkamlash.
NARX BELGILASHDA PESHQADAMLIK – oligopolik bozordagi firma mahsulotga narxni belgilaydi, boshqa firmalar esa peshqadam belgilagan narxni hisobga olib, unga yaqin qilib narx qo’yadilar.
NAQD TO’LOVLAR – tovar haqi yetkazib berilganidan keyin sotuvchilar taqdim etgan hujjat bo’yicha shu zahoti yoki avans bilan to’lash. Xalqaro savdoda naqd to’lovlar chek, pul o’tkazish, akkreditiv va inkasso orqali … Read More
NAQD PULSIZ OBOROT – pul oborotining bir qismi bo’lib, unda pullar harakati o’zaro talablar hisobiga kredit muassasalardagi schyotlar bo’yicha pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi va bunda naqd pullar ishlatilmaydi.
NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR – korxona va tashkilotlarning tovar ayirboshlash, xizmat ko’rsatish va tovarsiz operatsiyalari bo’yicha bir-biriga bo’lgan talab va majburiyatlarni naqd pul ishlatmasdan pul mablag’larini bir hisob-varaqdan ikkinchi hisob-varaqqa o’tkazish … Read More
NAFLIK FUNKSIYASI – iste’mol qilingan ne’matlar miqdorining o’zgarishi natijasida olinadigan naflikning o’zgarishini ifodalovchi funksiya.
NAFLIK – iqtisodiy ne’matlar, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson ehtiyojini qancha to’laroq qondirsa, uning nafligi shuncha yuqori bo’ladi.
NOMENKLATURA – buyumlar, narsalar, nomlar ro’yxati, masalan: schyot, tovar nomenklaturasi.
NOMA’QUL TALAB – iste’molchilar va jamiyatga ziyon keltiradigan tovarlarga bo’lgan talab (narkotik moddalar, tamaki mahsulotlari, qurol-yarog’ va boshqalar).