Oybek

Oybek (taxallusi; asl ism-sharifi Musa Toshmuhammad o’g’li; 1905.10.1 — Toshkent — 1968.1.7) — shoir, yozuvchi, adabiyotshunos olim va jamoat arbobi. O’zbekiston xalq yozuvchisi (1965), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1943). Hunarmand-bo’zchi … Read More

Oydo’stbiy

Oydo’stbiy (? – 1828) – Xiva xonligida ko’tarilgan qoraqalpoqlar qo’zg’oloni rahbari, nufuzli bimlardan; Qo’ng’irot qoraqalpoqlari, keyinchalik butun qoraqalpoqlar sardori. Muhammad Amin inoq, Muhammad Rahim I va Olloqulixonlarning yaqin mahramlaridan bo’lgan. … Read More

Oymyakon yassitog’ligi

Oymyakon yassitog’ligi – Saxa (Yakutiya)dagi yassitog’lik. Sibirning shimoli-sharqida, Indigirka daryosi havzasining yuqori qismida joylashgan. Suntar-Xayata va Taskistabit tizmalari oralig’ida. Relefi parchalangan. Alohida yassitog’lar va tepaliklardan tashkil topgan. Markaziga — Oymyakon … Read More

Oynatosh, sangi oyna

Oynatosh, sangi oyna — tekis yuzali ko’zgusimon tosh. Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyati Botkent tumanidagi Qorabog’qishlog’idan 800 metr chamasi Janubi- Sharqda, Turkiston tizmasining shimoliy yon bag’rida joylashgan. Uning yaqinidan Yaypan — … Read More

Oyshabibi maqbarasi

Oyshabibi maqbarasi – Qozog’iston (hozirgi Taroz shahri)dagi me’moriy yodgorlik (11 —12-asrlar). Afsonaga ko’ra, maqbara Qoraxoniylar sulolasi hukmdorlaridan birining bevaqt vafot etgan sevgilisi Oyshabibi sharafiga qurilgan. Oyshabibi maqbarasi pishiq g’ishtdan murabba … Read More

Oysha

Oysha (613-678) — Muhammadning xotini, birinchi xalifa Abu Bakrnning qizi. Laqabi Siddiqa, unvoni Ummun-Mo’minun (mo’minlar onasi) dir. Muhammad (sav) vafotidan keyin Oysha xalifalik hokimiyatiga nomzodlar o’rtasidagi munozaralarda paygambarning safdoshlari Talha … Read More

Oka

Oka — Rossiya Federatsiyasining Yevropa qismidagi daryo, Volganing o’ng irmog’i. O’rta Rossiya qirlarining Markaziy qismidan (226 metr absolyut balandlikdan) boshlanadi. Nijniy Novgorod shahri yonida Volga daryosiga quyiladi. Uzunligi 1500 kilometr, … Read More

Objuvoz

Objuvoz (forscha, ob — suv va juvoz — o’g’ir) — sholi oqlanadigan qurilma. Suv kuchi bilan harakatlanadi. Quyidagi qismlardan iborat: o’q, shu o’qqa biriktiriladigan parra, lingko’p, keli, Nov. Barcha qismlari … Read More

Oberton

Oberton (nemischa ober — yuqori va ton) — 1) texnikada — asosiy tonga nisbatan ancha yuqori chastotali murakkab tebranishlar (mexanik, tovush va elektr tebranishlari)dan tashkil topgan ton. Obertonni rezonator yordamida … Read More

Ogayo

Ogayo — AQShning shimoliy-Sharqiy qismidagi shtat. Eri ko’li bilan Ogayo daryosi oralig’ida. Maydoni 107,0 ming km2. Aholisi 11,4 million kishi (2002), 75% dan ko’prog’i shaharlarda yashaydi. Ma’muriy markazi — Kolumbus … Read More