Obduzd

Obduzd (fors, ob — suv va duzd — o’g’ri, talash) — o’rta asrlarda sug’orish tarmoqlari (shohariq, anhor, kanal) dan navbatdan tashqari suvni yashirincha bog’lab olish. Suv manbalarining etaklarida joylashgan yerlarda … Read More

Ostit

Ostit (osteo… va lotincha itis — yallig’lanish) — suyak to’qimasining yallig’lanishi. Odatda, osteomielit bilan birga uchraydi.

Ostrava, Moravska-Ostrava

Ostrava, Moravska-Ostrava — Chexiyadagi shahar, Odra daryosi buyida, Shimoliy Moraviya viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 320 ming kishi (2000). Transport yo’llarining muhim tuguni. Mamlakatning yirik sanoat markazi. Qora metallurgiya, energetika, og’ir … Read More

Ostyakova Larisa Aleksandrovna

Ostyakova Larisa Aleksandrovna (1952.20.5, Chimkent viloyati) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1996). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1975). 1975 yildan Ohangaron shahridagi 3-, 1993-2002 yillarda 4-maktabda tarix o’qituvchisi. Darslarni ilmiy asoslangan, … Read More

Ot kuchi

Ot kuchi — tizimga kirmagan quvvat birligi; Ot kuchi bilan belgilanadi. O’zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarda 1 Ot kuchi=735,499 Vt (AQSh va Buyuk Britaniyada 1 Ot kuchi = 745,7 … Read More

Otomi

Otomi (Oton xudosi ajdodlari nomidan olingan; naua tilida “nayza bilan yuruvchilar”; o’zlarini Nion, NIU deb atashadi) — Meksikaning Markaziy tumanlarida yashovchi indeys xalqi; asosan, tog’li, yarim quruqlikdagi hududlarda asteklar va … Read More

Ottava

Ottava — Kanadaning Janubiy- Sharqiy qismidagi Daryo. Shimoliy Lavrentiy daryosining chap irmog’i. Uzunligi 1120 kilometr, havzasining maydoni 147 ming km2. Lavrentiy qirlaridan boshlanadi. O’rtacha suv sarfi 2000 m3/sek. Dek.dan aprelgacha … Read More

Ofitser

Ofitser (nemischa Offi zier, lotincha offi ciaritis — mansabdor shaxs), zobit — qurolli kuchlar, polisiya va jandarmeriyaning komandirlar (boshliklar) tarkibidagi harbiy xizmatchi. Ofitser unvoni 16-asr oxirida dastlab Frantsiyada, so’ngra Yevropaning … Read More

Oftalmo…

Oftalmo… (Yun. ophthalmos — ko’z) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi bo’lib, shu so’zlarning ko’zga, ko’z kasalliklariga aloqadorligini bildiradi.

Oftalmoskopiya

Oftalmoskopiya (oftalmo… va Yunoncha skopeo — ko’raman, tekshiraman) — ko’zning ichki pardalarini (tubini) tekshirish metodi. O’rtasi teshik Maxsus ko’zgu — oftalmoskop (yorug’lik nurini ko’z ichiga yo’naltiradi), yorug’lik manbai va lupa … Read More