Oftobachi

Oftobachi — O’rta Osiyo xonliklarida saroy mansabi. Masalan, Buxoro xonligi (18-asr)da Mirza Bade devonning “majma ul-arqom” asarida ko’rsatilishicha, Oftobachi maxram — Amir qo’l yuvayotgan paytda oftoba (obdasta) tutib turuvchi lavozimli … Read More

Otseola (Oseola) (Osceola)

Otseola (Oseola) (Osceola) (1800— 1838) — indeyslar sardori. AQSh hukumati tomonidan indeys-seminollarni Floridadan Arkanzas shtatiga ko’chirish siyosatiga qarshi qurolli qarshilik ko’rsatish (1835-42) rahbarlaridan biri. Asirlikda vafot etgan.

Oqsoy

Oqsoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafshon tizmasidagi Qoratepa tog’ining shimoliy yon bag’ridan boshlanib, shimoliy-sharqqa oqadi. Uzunligi 26 kilometr, havzasining maydoni 25,6 km2. Bosh qismida Eriko’l deb ataladi. Islomtepa yaqinida Qoradaryoga … Read More

Oqsichqon

Oqsichqon — suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi. Tanasining uzunligi 32 santimetrgacha, dumining uzunligi 10 santimetrgacha. Yevrosiyo va shimoliy Amerikada tarqalgan. O’rta Osiyoda ham uchraydi. Zararli kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Mo’ynasi uchun … Read More

Oqsil plastiklar

Oqsil plastiklar – hayvon yoki o’simlik oqsillaridan tayyorlangan plastmassalar. Asosan, sut oqsili (kazein). Makkajo’xori doni, yer yong’oq va soya donidagi oqsillar xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Oqsil plastiklar tarkibida oqsildan … Read More

Oqsil minimumi

Oqsil minimumi – organizmda azot muvozanati saqlanishi uchun ovqatda bo’lishi zarur oqsilning eng kam miqdori. Ovqatdagi oqsil Oqsil minimumidan kamayib ketganda organizmning o’z oqsillari parchalanadi. Oqsil minimumi organizmning individual xususiyatlariga, … Read More