Ordinata

Ordinata (lotincha ordinatus — tartiblangan) — Dekart koordinatalar tizimidagi nuqtaning ikkinchi koordinatasi, u harfi bilan belgilanadi.

Order

Order (lotincha ordo — qator, tartib) — 1) buyruq, ko’rsatma, farmoyish beruvchi rasmiy hujjat (masalan, uy-joyga ko’chib kirishga, tergov organlarining tintuv o’tkazishga ruxsat beruvchi buyrug’i); 2) buxgalteriyada — pul mablag’lari … Read More

ORGANIK-MINERAL O’G’ITLAR

ORGANIK-MINERAL O’G’ITLAR – tarkibida organik moddalar va mineral birikmalar bo’lgan o’g’itlar. Gumin kislotalarlan olinadi. Tarkibi va nomi turlicha bo’ladi. Masalan, gumofos, gumofoska, torf-ammiakli o’g’itlar, torf- mineral-ammiakli o’g’itlar va boshqalar.

Organik dunyo

Organik dunyo, tirik tabiat – yer biosferasida tarqalgan tirik mavjudot — organizmlar (masalan, mikroorganizmlar, o’simliklar, hayvon va odamlar) majmui. Organik dunyoning alohida komponentlari o’zaro va anorganik tabiat bilan mustahkam aloqada … Read More

Organizm

Organizm (lotincha organizo — xushbichim qilaman) — jonsiz materiyadan bir qancha xususiyatlari bilan farq qiladigan tirik mavjudot. Ko’pchilik Organizmlar hujayra tuzilishiga ega. Yaxlit Organizmning shakllanishi shunday jarayonki, ontogenez va filogeneza. … Read More

Organellalar

Organellalar (Yunoncha organon — qurol, asbob, organ) — eng sodda organizmlar “organlari”; harakat qilish va qisqarish, resepsiya, hujum qilish va himoyalanish, ovqat hazm qilish, ekskresiya va sekresiya kabi turli funktsiyalarni … Read More

Orasoy tekisligi

Orasoy tekisligi – Baxiltog’ va Qoratog’oralig’i (Navoiy va Buxoro viloyatlari)dagi tekislik. Balandligi Sharqiy qismida 800 metr, g’arbiy qismida 300-400 metr bo’lib, Qizilqum cho’liga tutashib ketgan. Tekislik to’rtlamchi Prolyuvial, qisman delyuvial … Read More

Oranjereya

Oranjereya (Fransuzcha orange — apelsin) — muayyan joy iqlimining ochiq havosida rivojlana olmaydigan o’simliklarni o’stirish va saqlash uchun mo’ljallangan oynavand bino, unda zarur namlik, harorat va yorug’lik sharoiti yaratiladi. O’zbekiston … Read More