Pnevmokokklar

Pnevmokokklar (lotincha Pneumon-nafas va kokklar, streptococcus pneumoniae) — streptokokklar turkumiga mansub bakteriyalar. Hujayrasi (diametri 0,5—1,25 mkm), odatda, juft, harakatsiz, dumaloq yoki oval shaklda, grammusbat aeroblar. Pnevmokokklar tashki muhit sharoiti ta’siriga … Read More

Pnevmo…

Pnevmo… (Yunoncha pneuma — nafas olish, havo; pneumon — o’pka) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi bo’lib, nafas olish va chiqarish, havo va o’pka bilan bog’liq harakat-holat yoki kasalliklarni bildiradi … Read More

Plyushch

Plyushch (Hedera) — araliyadoshlar oilasiga mansub doim yashil o’simliklar turkumi, daraxtlar tanasiga chirmashib o’sadigan daraxtsimon lianalar. Bo’yi 30 metrgacha. Yevropa, Shimoliy Afrika va Osiyoda 15 turi o’sadi. Oddiy (asl) Plyushch … Read More

Plita

Plita (geologiyada) — yer po’stining platformalar doirasidagi qismi; unda burmalangan asos nisbatan cho’kkan va uning ustini gorizontal yotgan yoki bir oz burmalangan cho’kindi jinslarning qalin qatlami (1-16 kilometr) qoplagan bo’ladi. … Read More

Plimut

Plimut — Buyuk Britaniyaning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar, Kornuoll yarim orolida. Aholisi 255,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Plim daryosining Lamansh qo’ltig’iga quyilish joyidagi port. Kemasozlik va kema ta’mirlash korxonalari mavjud. Baliq … Read More

Plenum

Plenum (lotincha plenum — to’la) — biron partiya, jamoat, davlat tashkilotining saylab qo’yiladigan rahbar organi a’zolarining to’la tarkibdagi Majlisi.

Pleksiglas

Pleksiglas (nemischa plexiglas, lotincha plexus — o’rilgan va nemischa glas — shisha) — organik shisha asosida olinadi- gan qattiq optik shaffof materiallar (plastmassalar) ning umumiy texnik nomi.

Plevra

Plevra (Yunoncha pieura — qovurg’a, yonbosh, devor) — o’pka va ko’krak bo’shlig’i devorini ich tomondan zich o’rab turadigan seroz parda. Plevraning yallig’lanishi plevrit deb ataladi.

Plaundoshlar

Plaundoshlar (Lycopodiaceae) — yuksak sporali ko’p yillik o’simliklar oilasi. Poyasi yaxshi rivojlangan, mayda barglar bilan qoplangan. Asosan, nam o’rmonlarda o’sadi. 3 turkumi, (shundan bittasi qazilma holda) ma’lum.