Peshkurta, zehi kurta

Peshkurta, zehi kurta — kiyim bezagi; turli naqshlar tikib tayyorlanadigan jiyak; ko’ylak yoqa va o’yiqlarini hoshiyalab tikiladi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz kiyimi uchun xos.

Peshin

Peshin (forscha) — kunning yarmi o’tgan payti va shu paytda o’qiladigan namoz. Peshin namozi Quyosh qiyomdan og’a boshlashidan to asr namozining vaqti kirguncha ado etiladi.

Peshayvon

Peshayvon (forscha, pesh — old va ayvon) — xonaning old tomoniga taqab qurilgan ayvon. Peshayvon unga yondosh xonalarning salqin va bahavo bo’lishini ta’minlaydi. Xalq me’morligida keng qo’llaniladi.

Petrosyan Tigran Vartanovich

Petrosyan Tigran Vartanovich (1929.17.6, Tbilisi – 1984.13.8, Moskva) — shaxmatchi, xalqaro grossmeyster (1952), xizmat ko’rsatgan sport ustasi (1960), falsafa fanlari nomzodi. Jahonning 9-chempioni (1963— 69), SSSR chempioni (1959, 1961, 1969, … Read More

Pessejiktepa

Pessejiktepa — neolit davri manzilgohi (miloddan avvalgi 6-ming yillik). Turkmanistondagi Geoktepa rayon markazi yonida joylashgan. Pessejiktepadan xom g’ishtdan ishlangan uylar, sajdagoh, freskalar, tosh qurollar, sopol idishlar chiqqan.

Peseta

Peseta (ispancha peso — vazn, bo’lak) — 1) Ispaniya pul birligi. 1868 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Peseta =100 sentimo. Xalqaro ifodasi ESP. Xalqaro valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari =188,2 … Read More

Petrov muzligi

Petrov muzligi – Tyanshandagi muzlik (Qirg’iziston). Oqshiyroq toflarida, Norin daryosining bosh irmog’i Qumtor daryosi boshlanadigan joyda. Maydoni 73,9 km2. Uzunligi 14,3 kilometr, eni quyi qismida 1,8 kilometr gacha. A. V. … Read More

Peruliklar, peruanlar

Peruliklar, peruanlar — xalq. Peruning asosiy aholisi (13,7 million kishi). Umumiy soni 13,82 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Asosan, metislar va mulatlar. Ispan va kechua tillarida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. … Read More

Pert

Pert — Avstraliyaning Janubiy-g’arbiy qismidagi shahar. G’arbiy Avstraliya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 1,3 million kishi (1999). Suon daryosining Hind okeaniga quyilish joyidagi port (yillik yuk ortib-tushirish 15 mln.t). Temir yo’l … Read More