Perforatsiyalar

Perforatsiyalar (lotincha perforatio — teshish, kirib olish) — 1) o’simliklarda o’tkazuvchi va to’rsimon naylar devoridagi teshiklar. Perforatsiyalar orqali oziq eritmalar bemalol o’tadi. Perforatsiyalar qirqquloqlarda ko’p, ko’pchilik gulli o’simliklarda oddiy (o’tkazuvchi … Read More

Perfuziya

Perfuziya (lotincha perfusio —quyish) — qon tomirlari orqali qon, qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar, fiziologik eritma yoki boshqa biror suyuqlik yuborish. Tibbiyotda a’zo va to’qimalarni ko’chirib o’tqazishda, shuningdek, a’zo funktsiyasini yoki … Read More

Persona grata

Persona grata (lotincha persona grata — matlub shaxs) -1) muayyan davlatga diplomatik vakillik nomzodi shu davlat hukumati tomonidan ma’qullangan kishi; 2) Kuchma ma’noda — xayrixohlik bilan qaraladigan odam.

Perpendikulyar

Perpendikulyar (lotincha perpendiculum — tik) — to’g’ri chiziq (yoki tekislik) ni to’g’ri burchak ostida kesuvchi to’g’ri chiziq. Perpendikulyarning berilgan to’g’ri chiziq (yoki tekislik) bilan kesishish nuqtasi Perpendikulyar asosi, Perpendikulyarning biror … Read More

Perimetr

Perimetr (peri… va metr) — yopiq egri chiziqning uzunligi. Ko’pburchakning Perimetr uning xamma tomonlari yig’indisiga teng. Aylananing Perimetr esa uning uzunligi, ya’ni 2nR ga teng.

Peri…

Peri… (Yunoncha peri — atrofida, yaqinida, oldida) — o’zlashma qo’shma so’zlarning birinchi qismi bo’lib, muayyan narsaning atrofida, yaqinida degan ma’noni anglatadi (masalan, perikardit, periostit).

Pereyra

Pereyra — Kolumbiyaning g’arbiy qismidagi shahar. Kauka daryosi vodiysida. Risaralda departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 353 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Kofe va chorvachilik mahsulotlari … Read More

Pergola

Pergola (italyancha pergola — bostirma) — toqisimon qurilma, ishkom. Yogoch, metall, temir va boshqalardan ayvon, shiypon, galereya, yo’lak shaklida ko’rilib, chirmashadigan o’simliklar bilan ko’kalamlashtiriladi. 16-18-asrlarda Yevropa bog’-park san’atida kup foydalanilgan. … Read More