Para…

Para… (Yunoncha para — yonida, yaqinida) — 1) o’zlashma qo’shma so’zlar bo’lagi, biror narsaning yonida bo’lish, shuningdek, biror narsadan chetlashish, uzoqlashishni, o’zgalikni bildiradi (masalan, paramagnetizm); 2) orto-meta-para (kimyoda).

Papa

Papa (Yunoncha pappas — ota), Rim Papasi — katolik cherkovi va Vatikan davlati boshlig’i. Kardinallar majlisi tomonidan umrbodga (1389 yildan kardinallar orasidan) saylanadi.

Pansionat

Pansionat (Fransuzcha pensionnat) — dam olish uyining bir turi yoki kurortda dam oluvchilar mehmonxonasi. Asosan, shahar tashqarisida, xushmanzara joylarga quriladigan bino va inshootlar majmui. Pansionat xonalari 1 kishiga, oilaviy va … Read More

Panpsixizm

Panpsixizm (Pan… va Yunoncha Psyche — ruh, jon) — tabiatni umuman jonli deb hisoblovchi tasavvur. Panpsixizmning tarixiy shakllari xilma-xil bo’lib, ibtidoiy e’tiqod bo’lgan animizm va yunon falsafasidagi gilozoizmdan tortib to … Read More

Panja

Panja — bilaguzuk turi; rang-barang (odatda, ko’zli va boshqalar) munchoqlar yoki marjonlar orasiga kumush va zarhallangan yaproq, g’uncha va boshqa shakllar terib tayyorlanadi. Rang jihatdan ta’sirchan va marjonga o’xshagan turli … Read More

Pandemiya

Pandemiya (Yunoncha pandemos — yolpasiga, xalqaro) — epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamlakat, qit’a yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yo’li bilan yuqib, inkubasion davri qisqa yuqumli kasalliklarga … Read More

Pangasinanlar

Pangasinanlar – Filippin (Pangasinan viloyati, Luson oroli)dagi xalq. 1,45 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Indonez til tarmog’iga mansub tilda so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar.

Pampangan, pampango, kapampanganlar

Pampangan, pampango, kapampanganlar — Filippindagi Pampanga viloyati (Luson oroli markazi va Janubiy- g’arbiy qismi)dagi xalq. Umumiy soni 2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Filippin tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. An’anaviy … Read More