Pshart tizmasi

Pshart tizmasi – Sharqiy Pomirdagi tog’ tizmasi (Tojikiston). Murg’ob daryosining o’ng sohilida. Uzunligi 60 kilometr, balandligi 5 ming metrdan ziyod. Shimoliy yon bag’rida muzliklar bor.

Pyesa

Pyesa (Fransuzcha piece) — 1) teatr (shuningdek, radio va televidenie)da qo’yish uchun mo’ljallangan dramatik asar; 2) yakkanavoz sozanda yoki cholg’uchilar ansambli uchun kichik musiqa asari.

Potentsial

Potentsial (lotincha potentia — salohiyat) — biror vazifani hal etish va ko’zlangan maqsadga erishishda foydalaniladigan manba, imkoniyat, mablag’, zaxiralar; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi salohiyatlari (masalan, iqtisodiy Potentsial).

Posidoniy

Posidoniy (Poseidonios) (miloddan avvalgi taxminan 135, Apameya, Suriya — miloddan avvalgi 51, Rodos oroli) — yunon stoik-faylasufi, Rodos orolidagi maktab boshlig’i. Tsitseronnnng ustozi. Stoisizmni platonizm bilan birga qo’shgan. Bilimning hamma … Read More

Poseydon

Poseydon — yunon mifologiyasida Olimpiyalik xudolardan biri, Kronos va Reyaning o’g’li. Dunyoga hukmronlik qilishni akalari Zevs va Aid bilan bo’lishib olgan. Unga dengiz nasib qilgan. Qo’lida uch tishli ayri bilan … Read More

Porfirit

Porfirit — tarkibida kvars bo’lmagan effuziv paleotip tog’ jinsi; andezitta o’xshash. Porfiritda 60-65% SiO2 bo’ladi. Shishadan iborat asosiy massa orasida plagioklaz, andezin, ba’zan piroksenning yirik kristallari uchraydi. Tarkibiga qarab bazaltli, … Read More

Portsmut

Portsmut – Buyuk Britaniyaning Janubiy qismidagi shahar, Xempshir grafligida. Aholisi 182,2 ming kishi (1990- yillar oxiri). LaMansh bo’g’ozidagi port. Kemasozlik va kema ta’mirlash, radioelektronika, tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Ko’prik orqali … Read More

Port-Morsbi

Port-Morsbi, Morsbi – Papua- Yangi Gvineya davlati poytaxti. Yangi Gvineya orolning Janubiy sohilida. Aholisi 173,5 ming kishi (2000). Papua qo’ltig’idagi port (chetga kofe, kopra, kakao, kauchuk chikariladi). Universitet, aeroport bor.

Portativ

Portativ (Fransuzcha orgues portatives, lotincha porto — eltaman) — uncha katta bo’lmagan, ko’tarib yurish uchun qulay va ixcham, bir joydan ikkinchi joyga osongina suriladigan narsa, asbob, apparat (masalan, Portativ radiopriyomnik, … Read More