Palingenez

Palingenez (Yunoncha palin — yana, qayta va …genez) — organizm embriogenezida takrorlanadigan mazkur tur filogeneziga mos keladigan jarayonlar. “Palingenez” terminini nemis olimi E. Gekkel (1866) biogenetik qonun tamoyillarida taklif etgan. … Read More

Palpatsiya

Palpatsiya (lotincha palpatio — silash), paypaslash — vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza to’qimalar va chuqur joylashgan a’zolarni muntazam paypaslab, masalan, terining temperaturasi va namligi, ba’zi ichki a’zolarning katta-kichikligi, joylanishi, … Read More

Pamflet

Pamflet (inglizcha pamphlet — qo’ldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy voqelik, u yoki bu to’da hamda guruhlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy-tanqidiy publitsistik asar. Pamflet boshqa hajviy janrlardan … Read More

Pangenezis

Pangenezis (Pan… va … genez) -naslda oldingi avlodlar belgilarining paydo bo’lishi to’g’risidagi Ch. Darvin (1868) nazariyasi. Pangenezisga binoan, organizmning hamma hujayralari o’zidan juda mayda zarrachalar — gemmulalar ajratib chiqaradi. Gemmulalar … Read More

Panama

Panama — Panama Respublikasi poytaxti. Aholisi 669 ming kishi (1990-yillar oxiri). Ikdimi subekvatorial, sernam iqlim. O’rtacha yillik temperatura 27°. Yillik yog’in 1500-2000 mm. Panama kanaliga tinch okean tomondan kiraverishdagi dengiz … Read More

Panjob

Panjob — Janubiy Osiyodagi tarixiy va geografik viloyat. Hindgang tekisligining shimol qismi. Jelam, Chinob, Ravi, Bias va Satlaj daryolari (Hind havzasi) dan sug’oriladi. Jahon madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri. Panjobni … Read More

Panin Anatoliy Nikolayevich

Panin Anatoliy Nikolayevich (1949.12.3, Rossiya Federatsiyasi Tula viloyati Uzlovskiy tumani) — kon ekskavatori mashinisti, O’zbekiston qahramoni (1995). Mehnat faoliyatini 1967 yilda tula viloyati Novomoskovsk shahridagi qurilish boshqarmasida ekskavator mashinisti bo’lib … Read More

Pankov Mixail Aleksandrovich

Pankov Mixail Aleksandrovich (1902, Qozog’iston Respublikasi Qo’stanay viloyati — 1975.11.1, Toshkent) — tuproqshunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1965), qishloq xo’jalik fanlari doktori (1946), professor (1949), O’rta Osiyo universitetining … Read More

Pannoniya

Pannoniya (Pannonia) — 8-asrda barpo etilgan Rim viloyati (provintsiyasi). Hozirgi Vengriya hududining g’arbiy qismi, sobiq Yugoslaviyaning shimoliy qismi va hozirgi Avstriyaning Sharqiy qismidan iborat bo’lgan. Pannoniya atamasi illiriylarga mansub pannonlar … Read More

Pann Aleksandr Mixaylovich

Pann Aleksandr Mixaylovich (1914.25.3, Ukraina, Lozovaya shahri — 1993.21.2, Sankt-Peterburg) — operator. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1966). Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni tugatgan (1940). 1946 yildan “O’zbekfilm”da operator bo’lib … Read More