Pedagogik munosabat
Pedagogik munosabat-ta’lim jarayoni elementlarining o’zaro aloqadorligi.
Pedagogik munosabat-ta’lim jarayoni elementlarining o’zaro aloqadorligi.
Pedagogik muloqot-bilish yoki baholash xarakteridagi axborot almashuv jarayonida ikki yoki undan ortiq shaxs (o’qituvchi, o’quvchi)ning o’zaro ta’sirga ega faoliyati.
Pedagogik muammo (grekcha problema-topshiriq, vazifa)-ta’lim oluvchi tomonidan bilim va tajribalari asosida tegishli vaziyatda yuzaga kelgan qiyinchilik va ziddiyatlarni hal etish zarurligini anglash hodisasi.
Pedagogik model (lotincha modulus-o’lchov, me’yor)-1) o’quv jarayoni mazmuni yoki pedagogik vositaning namunasi, me’yori, o’lchovi, keng ma’noda ularning fikriy tavsifi; 2) o’quv materiali yoki ta’lim mazmunining yaxlit tarzdagi ko’rinishi.
Pedagogik metod-voqelikni amaliy va nazariy egallash, o’zlashtirish, o’rganish, bilish uchun yo’l-yo’riqlar, usullar majmuasi, o’qituvchining pedagogik bilimlarni yaratish va asoslash usuli.
Pedagogik menejment (inglizcha-boshqarish, tashkil etish)-pedagogikaning ta’lim jarayoni yoki o’quv muassasasini boshqarish nazariyasini ifodalovchi bo’limi.
Pedagogik maqsad-pedagogik faoliyatning prognoz qilingan natijalari.
Pedagogik mahorat-1) kasbiy ko’nikmalarning yuksak darajada rivojlanishi; 2) shaxsning kasbiy sifatlari, layoqat qobiliyatlari majmui; 3) san’at darajasidagi mahorat; 4) pedagogik mohirlik, san’at va bilimdonlik.
Pedagogik ma’lumotlar banki-barcha o’quv axborotlari yig’indisi.
Pedagogik lug’at-1) pedagogikaga oid so’zlar (yoki morfemalar, so’z birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga … Read More