SHPROTLAR

SHPROTLAR — seldsimonlar oilasining bir urug’i. 6 tacha turi bor. Uzunligi 17-18 santimetr, dimog’ suyagida tishlari yo’q, qorin suzgichlari bir oz oldinda, ko’krak suzgichi esa ancha keyinda joylashgan. Boltiq, O’rta … Read More

SHPRE

SHPRE, Shpree — Germaniyadagi Daryo, Xafel daryosining chap irmog’i. Uzunligi 398 kilometr, havzasining maydoni 10,1 ming kilometr kvadrat. Sudet tog’laridan boshlanib, shimoliy Germaniya pasttekisligida keng va botqoqlangan vodiydan oqadi. Bahorda … Read More

SHPILKA

SHPILKA (nemischa igna) (mashinasozlikda) — ikki uchiga rezba qirqilgan mahkamlash detali. Detallarni bir- biriga biriktirish uchun ishlatiladi. Shpilkaning bir uchi asosiy detalga burab kiritiladi, 2-uchi esa teshik orqali mahkamlanayotgan detalga … Read More

SHOHNISHIN

SHOHNISHIN — saroy, mehmonxona, uylarning xos xonalari to’ridagi supali, usti ko’shk sifat bezatilgan maxsus joy. Masalan, Sitorai Mohi Xosa me’moriy majmuasidagi Ahadjon saroyida Shohnishin bo’lgan. Toshkentning eski shaharida Shohnishintepa saqlanib … Read More

SHOHIMARDON

SHOHIMARDON (forscha Yerlar shohi, mardlar shohi) — choryorlarning to’rtinchisi Aliga berilgan nomlardan biri. Ali janglarda jasurlik, mardlik ko’rsatib shu nomga sazovor bo’lgan.

SHOH

SHOH (forscha) — Yaqin va O’rta Sharqdagi ayrim musulmon mamlakatlari va Hindistonda (Dehli Sultonligi) hukmdor (podshoh, qirol) unvoni. Shoh unvoni dastlab Sosoniylar davlatida qo’llanilgan. Eronda shahanshoh ko’rinishida saqlangan.

SHOXBARGDOSHLAR

SHOXBARGDOSHLAR — shoxbargnamolar qabilasi (tartibi)ga mansub oila. Ko’p yillik o’t. 1 turkumga mansub 6 turi bor. O’zbekistonda 2 turi ko’llarda, sekin oqadigan daryolarda suvga botib o’sadi.

SHORLAR

SHORLAR (o’zlarini shor deb atashadi) — Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida yashovchi xalq (tog’li Shoriya). 16 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shor tilida so’zlashadi. Dindorlari rasman xristian bo’lsalarda, shomonlik saqlangan.

SHOM

SHOM — Quyosh botib, qorong’ulik boshlangan payt va shu vaqtda o’qiladigan namoz. Shom namozi Quyosh botgandan boshlab, Mag’rib ufqidagi qizil shafaqning ko’rinmay ketadigan vaqtigacha ado etiladi.