SHIVAIZM
SHIVAIZM — hinduiylikdagi 2 asosiy oqimdan biri (vishnuizm bilan bir qatorda). Asosan, Hindistonning Janubiy va sharqida tarqalgan. Shivaizm tarafdorlari Shivani eng qudratli Xudo deb, unga e’tiqod qiladilar.
SHIVAIZM — hinduiylikdagi 2 asosiy oqimdan biri (vishnuizm bilan bir qatorda). Asosan, Hindistonning Janubiy va sharqida tarqalgan. Shivaizm tarafdorlari Shivani eng qudratli Xudo deb, unga e’tiqod qiladilar.
SHIBOG’U, Sibog’u turk-mo’g’ul qabilalarida to’lov turi. Xon, Sultonlar va o’g’lonlar bir joydan ikkinchi bir joyga ko’chib, ovullardan o’tayotganlarida ularga aholidan to’plab beriladigan oziqovqat to’lovi. Bu, ko’pincha, pishirilgan go’shtdan iborat bo’lgan.
SHESTERNYA — tishli g’ildiraklar juftidagi g’ildiraklarning kichigi. Asosan, yetakchi g’ildirak vazifasini o’taydi. Agar ikkala tishli g’ildirakning o’lchamlari deyarli bir xil bo’lsa, ikkalasi ham Shesternya deb yuritiladi.
SHERMUHAMMAD MADRASASI – Qarshidagi me’moriy yodgorlik (17— 18-asrlar). Madrasa chorsi tarhli, bosh tarzi besh xonadan iborat. Markazida miyonsaroy, 2 yonida darsxona joylashgan, burchaklariga guldastalar ishlangan. Guldastalar tepasi fonusli, miyonsaroy orqali … Read More
SHERLOK XOLMS — A. Konan Doyl hikoya va qissalarining bosh qahramoni, xususiy izquvar; familiyasi amerikalik yozuvchi O.U.Xolms sharafiga berilgan. Bu nom izquvar ma’nosida turdosh otga aylangan.
SHELF (inglizcha kpei) — dengiz ostida qolgan qit’a atrofi (eng global masshtabda 1500 kilometr gacha, o’rtacha 78 kilometr) yoki normal platformaga qaraganda sezilarli harakatchan paleostruktura.
SHELL MADANIYATI (arxeologiyada) — Yevrosiyo va Afrikada ilk Paleolit davrida tarqalgan madaniyat. Parij yaqinidagi Shel (Shell) nomidan olingan. 19-asrning 60-yillarida frantsuz arxeologi G.Mortile o’rgangan. Shell madaniyati uchun toshdan yasalgan qo’l … Read More