TAKLIF CHIZIG’I
TAKLIF CHIZIG’I – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
TAKLIF CHIZIG’I – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
TAJRIBA (EKSPERIMENT) O’TKAZISH – shunday tadqiqot o’tkazish uslubiki, nazorat qilinadigan vaziyatda bir yoki bir necha omillar o’zgarishi bilan qolganlari o’zgartirilmas holatini saqlab qoladilar.
TAKLIF – ishlab chiqaruvchilar bozorda sotishga tayyorlagan (chiqargan), muayyan narxlarga ega tovarlar va xizmatlar miqdori.
TAHLIL USULLARI – grafiklardan foydalangan holda tahlil qilish usullari.
TADQIQOT MUAMMOSI – ijtimoiy ziddiyatlarni hal etish va ularni tartibga solish uchun turmushning biron-bir jabhasini o’rganishga bo’lgan ehtiyojdir.
TADBIRKORLIK QOBILIYATI – insonning ishlab chiqarish jarayonida qo’llaniladigan resurslardan qanday foydalanish xususida oqilona, maqsadga muvofiq qarorlarni qabul qila olishi, innovatsion jarayonlarda faol qatnashishi, tavakkal qilish va yutuqqa erishish layoqati; iqtisodiy … Read More
TADBIRKOR – iqtisodiy resurslarni bir-biriga qo’shilishini ta’minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan kishilar. Bunday xislatlar tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.
TADBIRKORLIK KAPITALI – tadbirkor (ishbilarmon) o’z faoliyatini yuritish uchun qo’lida zarur bo’lgan pul kapitaliga aytiladi.
TABIIY RESURSLAR UCHUN TO’LOV – yer, suv, qazilma boyliklaridan foydalanganlik uchun korxona daromadidan davlat budjetiga to’lanadigan to’lov, joriy normativlar bo’yicha belgilanadi. Ushbu mablag’lar, birinchi navbatda, tabiat muhofazasi tadbirlariga sarflanadi.