Turk tili Davlat ta’lim standarti
Turk tili Davlat ta’lim standarti-turk tili ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Turk tili Davlat ta’lim standarti-turk tili ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli.
Turizm-o’quvchilarni jonajon o’lkasi, mamlakatimizning tabiiy, tarixiy va madaniy yodgorliklari bilan tanishtirish maqsadida tashkil qilinadigan sayrlar, ekskursiya, safar va sayohatlar.
Toshkent pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti – malakali pedagog va muhandis-pedaogog kadrlar tayyorlovchi oliy o’quv yurti. 1935 yil 14 sentabrda O’rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteti negizida … Read More
Topshiriq-o’quvchilarni ijobiy xatti-harakatga yo’naltiruvchi ta’lim-tarbiya metodi.
Toliqish-ta’lim oluvchining jismoniy va aqliy zo’riqish, salbiy hissiyotlar ta’siri natijasida hosil bo’ladigan hamda o’quv qobiliyatining pasayishi bilan baholanadigan pedagogik holat.
Tolerantlik-bag’rikenglik-o’zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg’ulari, fikr-mulohazalari, g’oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo’lish.
Tovush usuli (Usuli savtiya)-XX asr boshlarida savod o’rgatish va alifbe darsliklar tuzishga asos bo’lgan usul.
Tiflotexnika-ko’zi ojiz o’quvchilarning o’qish, mehnat faoliyati va atrof-borliqqa to’g’ri mo’ljal olish, narsa va hodisalarni qabul qilish imkoniyatini kengaytirishga ko’maklashish maqsadida qo’llaniladigan ko’rgazma meteallar va maxsus jihozlar.
Tiflopedagogika-pedagogika fanining alohida tarmog’i bo’lib, ko’rish a’zolari to’liq yoki qisman izdan chiqqan bolalarga ta’lim-tarbiya berish muammolarini o’rganuvchi fan.