VUJUDIYUN

VUJUDIYUN — o’rta asr yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan falsafiy ta’limot; panteistik dunyoqarashni ifodalaydi. Unga ko’ra, Alloh va real borliq bir butun vujud — mavjudotni tashkil etadi. Alloh va … Read More

VULKAN

VULKAN (lotincha vulcanus) — qadimgi Rim mifologiyasida olov, yongin, o’choq xudosi, olov bilan bog’liq bo’lgan kasb-hunarlar homiysi. Yunon mifologiyasidagi olov va temirchilik san’ati xudosi Gefestga to’g’ri keladi. Ko’p tillarda tarqalgan … Read More

VUNDERKIND

VUNDERKIND (nemischa Wunderkind, aynan — ajoyib bola) — zo’r va favqulodda noyob qobiliyatlarini, faoliyatning biror turiga layoqatini barvaqg namoyon etuvchi bola. “Vunderkind” so’zi kinoyali ma’noda ham ishlatiladi.

VULVIT

VULVIT (lotincha vulva — ayollarning tashqi jinsiy a’zolari) — ayollar tashqi jinsiy a’zolarining yallig’lanishi; odatda qin yallig’lanishi bilan birga kechadi.

VETNAMLAR

VETNAMLAR (o’zlarini kin, vet deb ataydilar) — xalq, Vetnamning asosiy aholisi (61 million kishi). Shuningdek Kamboja, Tailand, Laos, AQSh va boshqa mamlakatlarda ham yashaydilar. Umumiy soni — 62,15 million kishi … Read More

VETNAM TILI

VETNAM TILI — avstroosiyo tillari oilasiga mansub til. Vetnamning rasmiy tili. Bu tilda 61 milliondan ortiq kishi so’zlashadi (1990-yillar o’rtalari). Yozuvi lotin alifbosi asosida.

VENA UNIVERSITETI

VENA UNIVERSITETI – Yevropadagi eng qadimgi universitetlardan biri. 1365 yil tashkil etilgan. Avstriyaning Vena sh.ahrida joylashgan. Katolik teologiya, Protestant teologiya, yuridik va siyosiy fanlar, falsafa va tabiiy fanlar, tibbiyot va … Read More

VELODROM

VELODROM (velosiped va Yunoncha Dromos — yugurish, yugurish joyi) — velosiped sporti mashqlari va musobaqalari o’tkaziladigan sport inshooti. Velosiped poygasi uchun qilingan yo’l, tomoshabinlar o’tiradigan joy, yordamchi xonalar va boshqalar … Read More

VEKTSIYA

VEKTSIYA (lotincha vectio — ko’chish) — havo massasi, issiqlik, suv bug’i, energiya, tezlik uyurmasi, radioaktiv parchalanish mahsulotlari va boshqalarning atmosferada ko’chishi. Havo massasining gorizontal ko’chishi advektsiya, havo massasining vertikal yo’nalishida … Read More