VERSHOK

VERSHOK (ruscha) — metrik o’lchov tizimi joriy qilingan davrgacha Rossiyada ishlatib kelingan uzunlik birligi 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida Rossiyaga qaram o’lkalarda, jumladan Turkistonda ham qo’llanilgan.

VERSALCHILAR

VERSALCHILAR — Parij kommunasi davrida (1871) kommunarlar tomonidan Versal shahrida o’rnashib olgan ter boshliq hukumat va unga tobe qo’shinlarga berilgan nom. Prussiya bosqinchilari ko’magida Versalchilar Parij kommunasini qonga botirganlar.

VERONIKA SOCHLARI

VERONIKA SOCHLARI (lotincha Coma Berenices) — osmonning shimoliy yarim shardagi yulduzlar turkumi. Asad, Ovchi shmar va Ho’kizboqar yulduz turkumlari oralarida joylashgan. O’rta kengliklarda qish, bahor va yozda ko’rinadi.

VERNISAJ

VERNISAJ (Fransuzcha vernissaqe — loklash) — ko’rgazmaning tantanavor ochilishi. Nomi ko’rgazmadan oldin rang- tasvir asarlari sathiga lok berish degan ma’noni bildiradi. Bu odatni frantsuz rassomlari boshlab bergan.

VERMAXT

VERMAXT (nemischa Wehrmacht, Wehr -qurol, mudofaa va Macht — kuch) — 1935-45 yillarda fashistlar Germaniyasi qurolli kuchlarining nomi. 2-jahon urushi (1939-45) arafasida Vermaxt hisobida 3 mln.ga yaqin harbiy bo’lgan, 1943 … Read More

VEPSLAR

VEPSLAR (Veps, vepsya, o’zlarini bepsya deb ataydilar) — Rossiya Federatsiyasidagi xalq. Leningrad, Vologda viloyati va Kareliyada yashaydilar, 13 ming kishi (1992). Veps tilida so’zlashadi. Dindorlari — pravoslavlar.

VENETSIYA SHISHASI

VENETSIYA SHISHASI – asosan dam berib (havo puflab) tayyorlanadigan badiiy idishlar, munchoq, ko’zgu va boshqalar 13-asrdan Venetsiyada ishlab chiqariladi. Ayniqsa, 16-asrda tayyorlangan yupqa va nafis qadahlar, vazalar mashhur.